1 mart.
➖ Jomboydan Urgutga 55 km temiryo‘l tarmog‘i qurilishi boshlandi.
3 mart.
➖ Termizda Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Savdo miqdorini 3 mlrd dollarga yetkazish choralari belgilandi.
➖ O‘zA fotomuxbirining navbatdagi ko‘rgazmasi ochildi.
4 mart.
➖ Respublikada yagona laboratoriya Namanganda ochildi.
7 mart.
➖ Yaponiyaning “Asahi TV” telekanalining ANN News dasturida Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish qilindi.
17 mart.
➖ Olmaotada “Lazgi – qalb va muhabbat raqsi” balet premerasi bo‘lib o‘tdi.
18 mart.
➖ Farg‘onada “O‘rik gullaganda” festivali o‘tkazildi.
19 mart.
➖ O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari Xivada uchrashdi.
20 mart.
➖ Ikki yillik tanaffusdan so‘ng “Andijon” aeroporti o‘z faoliyatini qayta boshladi.
21 mart.
➖ “Navro‘z va Ramazon hayiti” munosabati bilan Afg‘oniston xalqi uchun Termizdan 200 tonna oziq-ovqat yordami yetkazildi.
22–25 mart.
➖ Qozog‘istonning Oqtov shahrida “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi tashkil etildi.
26 mart.
➖ Xivada sartaroshlar ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.
➖ Buxoroda Szyasin shahri yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
27 mart.
➖ Malayziya telekanallarida O‘zbekiston haqida 10 qismli hujjatli film namoyishi boshlandi.
31 mart.
➖ O‘zbekiston va Tojikiston tadbirkorlari hamkorligida metallurgiya korxonasi ishga tushirildi.
Hamroz Bayanov tayyorladi,
O‘zA