English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025 yil iyun — O‘zAda eng muhim voqealar dayjesti
17:03 / 2026-01-05

2 iyun.

– O‘zbekiston dunyo grafit bozoriga qo‘shildi

– Samarqandda O‘zbekiston - Xitoy hududlararo ikkinchi forumi boshlandi.

3 iyun.

– Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.

– Bir guruh fuqarolarni «Jasorat» medali bilan mukofotlash to‘g‘risida Prezident Farmoni e’lon qilindi.

6 iyun.

– "Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni e’lon qilindi.

7 iyun.

–O‘zbekiston TIV rahbari "Markaziy Osiyo – Hindiston" vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi.

8 iyun.

– Slovakiya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi.

9 iyun.

– O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi.

–O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi.

– Bolgariya Respublikasi Prezidenti O‘zbekistonga keldi.

10 iyun.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

–O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida to‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida ishtirok etdi.

11 iyun.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 iyun kuni Xorijiy investorlar kengashining uchinchi majlisi arafasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

– Xalqaro kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

– O‘zbekiston Prezidenti YeXHTning amaldagi raisini qabul qildi

13 iyun.

– Turon sport turi bo‘yicha xalqaro federatsiyaga asos solindi

– O‘zbekiston davlat sport akademiyasi o‘z faoliyatini boshladi

17 iyun.

– O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonga keldi

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning muzokaralari bo‘lib o‘tdi

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 iyun kuni Ostona shahrida "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammitida ishtirok etdi

19 iyun.

– "Andijon do‘ppisi", "So‘qoq somsasi", “Tuxum barak” geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

20 iyun.

– Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.

21 iyun.

– “Rosatom” davlat korporatsiyasi va “O‘zatom” agentligi o‘rtasida muhim strategik bitim imzolandi.

– O‘zbekistonda Yadro tibbiyoti markazini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.

23 iyun.

– O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘ladi

24 iyun.

– O‘zbekiston vakili IHTning Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasiga saylandi

25 iyun.

– Senatning sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

– "O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.

26 iyun.

– O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Belarusda bo‘ladi.

– "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.

28 iyun.

Bryusselda Bojxona qo‘mitasi raisi A.Mavlonovning Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Yan Sonders bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

– "Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor  yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.

– «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.

Hamroz Bayanov tayyorladi, O‘zA