Mixaylo Mudrik «Chelsi»ning mavsumoldi yig‘iniga qo‘shiladi
24 yoshli ukrainalik futbolchi yakshanba kuni Gonkongda jamoa safiga borib qo‘shiladi. Ayni paytda «Chelsi» yangi mavsumga tayyorgarlikning bir qismini aynan shu yerda olib bormoqda.
«Chelsi» vingeri Mixaylo Mudrik London klubi bilan mavsumoldi yig‘iniga qo‘shilishga tayyor. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli ukrainalik futbolchi yakshanba kuni Gonkongda jamoa safiga borib qo‘shiladi. Ayni paytda «Chelsi» yangi mavsumga tayyorgarlikning bir qismini aynan shu yerda olib bormoqda.
Avvalroq Mudrikning antidoping qoidalarini buzganlik uchun berilgan diskvalifikatsiyasi bekor qilingani ma’lum bo‘lgandi. 2024-yil dekabr oyida uning doping namunasida meldoniy moddasi aniqlangan edi.
Mudrik «Chelsi» safidagi so‘nggi rasmiy uchrashuvini 2024-yil noyabr oyi oxirida «Haydenhaym»ga qarshi Konferensiyalar ligasi guruh bosqichida o‘tkazgan. O‘sha bahsda u bitta gol muallifiga aylangandi.