Yevropa grandlari «Bornmut»ning yosh iqtidori Rayanga qiziqmoqda
Transfermarkt portaliga ko‘ra, Rayanning bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.
«Bornmut» va Braziliya terma jamoasi vingeri Rayan Yevropaning bir qator top klublari e’tiboriga tushdi.
Transfer News Live The Sun Football ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, 19 yoshli futbolchining o‘yinlarini «Liverpul» va «Arsenal» yaqindan kuzatmoqda. Shuningdek, unga Madridning «Real», «Bavariya» hamda PSJ ham qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, «Bornmut» yosh vinger bilan xayrlashishga shoshilmayapti va uning transferi uchun 100 million yevro atrofida mablag‘ talab qilmoqda.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, Rayanning bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.
Iqtidorli braziliyalik futbolchi joriy yilning yanvar oyida «Vasko da Gama»dan «Bornmut» safiga qo‘shilgan edi. U Angliya Premer-ligasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta assist muallifiga aylangan.