«Liverpul» Konatening o'rniga A Seriyadan himoyachi olib kelmoqchi
"Mersisaydliklar" 28 yoshli futbolchining transferi yuzasidan «Milan» bilan dastlabki muzokaralarni boshlagan.
«Liverpul» «Milan» markaziy himoyachisi Fikayo Tomoriga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TuttoJuve xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 28 yoshli futbolchining transferi yuzasidan «Milan» bilan dastlabki muzokaralarni boshlagan.
Hozircha tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar boshlang‘ich bosqichda turibdi. «Liverpul» avvalo transfer xarajatlari va bitimni amalga oshirish imkoniyatlarini baholab olmoqchi. Shundan keyingina klub rasmiy taklif bilan chiqishi kutilmoqda.
O‘tgan mavsumda Fikayo Tomori barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta assist muallifiga aylandi.
Himoyachining «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning bozor qiymati 17 million yevroni tashkil etadi.