Xalqaro jinoyat sudi (ICC) Rohinja inqirozi boʻyicha Myanmardan Bangladeshga musulmonlarning ommaviy surgun qilinishi inson huquqlariga qarshi jinoyat ekanligini taʼkidlamoqda va bu boradagi dastlabki tergovni boshladi

Xalqaro jinoyat sudi (ICC) Rohinja inqirozi boʻyicha Myanmardan Bangladeshga musulmonlarning ommaviy surgun qilinishi inson huquqlariga qarshi jinoyat ekanligini taʼkidlamoqda va bu boradagi dastlabki tergovni boshladi, deya xabar beradi “The Independent” nashri.

Myanmardagi harbiylar zoʻravonlik, qotillik, qiynoq va Rohinja qishloqlarini yondirish kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Bunday vahshiyliklar oqibatida 700 mingga yaqin Rohinja aholisi Bangladeshga qochib ketmoqda.

Shuningdek, rohnjaliklarning aksariyati mamlakatdan deport qilinib, zoʻrlik bilan chiqarib yuborilayotgani taʼkidlangan. Tergov boshligʻi Fatu Bensuda xonimning bayonotiga koʻra, Myanmar hukumati BMT va xalqaro inson huquqlariga qarshi ish qilmoqda. Ushbu hisobot, yuqori martabali amaldorlarni musulmon Rohinjaga qarshi genotsid jinoyatlarni sodir etishda aybdor, deb topishga chaqirdi.

BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi raisi Marzuki Darusman oʻz maʼruzasida Rohinja oldidagi taʼqiblar haqida juda koʻp maʼlumot berdi. Uning soʻzlariga koʻra, harbiy qoʻzgʻolonlar kamida 10 ming kishining oʻlimiga va 37 mingdan ziyod Rohinjadagi aholi uylari va binolarning yoʻq qilinishiga olib kelgan.

Hozirda Rohinja musulmonlari ishi boʻyicha xalqaro tergov amalga oshirilmoqda. Tergov natijalari bilan saytimizda tanishtirib boramiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro jinoyat sudi myanmarlik amaldorlarni Rohinja deportatsiyasi boʻyicha tergov qilmoqchi