AKIpress: Saida Mirziyoyeva Parijda bolalar huquqlarini himoya qiliş böyiça Özbekiston taşabbuslarini ilgari surdi
Qirğizistonning AKIpress axborot agentligi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning Fransiyaga amaliy taşrifi, xususan, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uçraşuvi hamda Parij tinçlik forumidagi iştirokini keng yoritdi.
Naşrning xabar berişiça, Fransiya Prezidenti bilan muloqotda Saida Mirziyoyeva Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning salomini yetkazgan. Tomonlar strategik şeriklikni kengaytiriş, sunʼiy intellekt sohasidagi hamkorlik, şuningdek, yirik iqtisodiy va gumanitar loyihalarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qilgan.
Agentlik maqolasida Fransiyaning ilğor texnologiyalari va investitsiyalarini jalb etiş Özbekistonning raqamli transformatsiyasini jadallaştiriş bilan birga, butun Markaziy Osiyoning tranzit salohiyati va investitsiyaviy jozibadorligini oşirişga xizmat qilişi qayd etilgan.
Şuningdek, naşr Saida Mirziyoyevaning Parij tinçlik forumida bolalarni himoya qiliş masalasiga alohida töxtalganiga eʼtibor qaratgan. Xususan, Samarqand deklaratsiyasining asosiy qoidalarini BMT Boş Assambleyasi rezolyutsiyasi sifatida qabul qiliş rejasi maʼlum qilingan.
“Tinçlik, aslida, har bir bola qayerda va qanday oilada tuğilganidan qatʼi nazar, xotirjam taʼlim olişi, xavfsiz ulğayişi va öz kelajagiga işonişi demakdir”, deya Saida Mirziyoyevaning sözlaridan iqtibos keltirgan agentlik.
AKIpress uşbu taşabbuslar bolalarning xavfsiz kelajagini taʼminlaş, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş va Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanişiga muhim hissa qöşişini taʼkidlagan.
D.HAKIMOV,
ÖzA