Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz: mintaqalararo hamkorlikning yangi strategik istiqbollari
Yaqinda poytaxtimizdagi Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) Gruziyaning Strategik va xalqaro tadqiqotlar jamğarmasi (GFSIS) hamda Germaniyaning Fridrix Ebert jamğarmasi (FES) bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazning özaro boğliqligi: istiqbolda nimalar kutmoqda?” mavzusida xalqaro konferensiya ötkazildi.
Anjumanda davlat organlari, xalqaro moliya taşkilotlari, diplomatik korpus vakillari, şuningdek, Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz, Yevropa va AQŞning yetakçi tahliliy markazlari tadqiqotçilari iştirok etdi.
Yiğin iştirokçilari transport yönalişlarini rivojlantiriş, tranzit tartib-taomillarini soddalaştiriş, şuningdek, ikki mintaqa örtasida sanoat va energetika sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
MOXI direktori Javlon Vahobov konferensiyani oçib berarkan, geosiyosiy özgarişlar Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz oldida yangi imkoniyatlar oçayotganligini taʼkidladi. Uning qayd etişiça, ilgari har ikki mintaqa davlatlari asosan, yirik bozorlar örtasidagi tranzit böğini sifatida qaralgan bölsa, bugungi kunda savdo yönalişlari va iqtisodiy hamkorlik ustuvorliklarini mustaqil belgilaş uçun kengroq imkoniyatlarga ega bölmoqda.

Şu bilan birga, bitta transport koridorini rivojlantiriş taşqi omillarga boğliqlikni bartaraf etmaydi. Işonçliligi nafaqat infratuzilmaning holati, balki bojxona qoidalari, raqamli tizimlar va tranzit tartib-taomillarining özaro muvofiqlaştirilganligiga ham boğliq bölgan, bir-birini töldiruvçi transport yönalişlari tarmoğini şakllantiriş zarur.
– Özaro boğliqlikning mazmuni faqat tranzit daromadlari bilan çeklanmasligi kerak, -dedi J.Vahobov öz nutqida. – U sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, investitsiyalarni jalb etişi va mintaqalarimiz mamlakatlari uçun yangi imkoniyatlar yaratişi lozim. Biz tranzitga xizmat qiladigan özaro boğliqlikdan taraqqiyotga xizmat qiladigan özaro boğliqlikka ötişimiz zarur.
Öz navbatida, Gruziyaning Strategik va xalqaro tadqiqotlar jamğarmasi (GFSIS) prezidenti Yekaterine Metreveli yuz berayotgan geosiyosiy özgarişlar Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz manfaatlarini yaqinlaştirib, xavfsizlik, savdo va transport masalalarida yanada yaqin hamkorlik uçun şaroit yaratayotganligini qayd etdi.

Germaniyaning Fridrix Ebert jamğarmasi Janubiy Kavkaz böyiça direktori Marsel Retig GFR va boşqa Yevropa davlatlari Markaziy Osiyo hamda Janubiy Kavkazni barqaror va mustaqil hamkorlar sifatida körişdan manfaatdor ekanligini aytdi. Uning fikriça, transport yönalişlarini rivojlantiriş mintaqa mamlakatlarining öziga sezilarli natija berişi, jumladan, yangi iş örinlari yaratiş va aholi farovonligini oşirişga xizmat qilişi lozim.

Mintaqalararo hamkorlikning siyosiy va iqtisodiy şart-şaroitlariga bağişlangan birinçi sessiyada Qirğiz Respublikasining “Crossroads Central Asia” instituti prezidenti Şairbek Jörayev xalqaro transport koridorlarini rivojlantiriş avvalo, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlarining özaro aloqalarini mustahkamlaşga asoslanişi kerakligini taʼkidladi. Uning fikriça, davlatlararo munosabatlarning barqarorligi siyosiy keskinlik davrlarida ham yuk taşiş jarayonlarining uzluksizligini taʼminlaş imkonini beradi.

Tbilisida joylaşgan Strategik va xalqaro tadqiqotlar jamğarmasi tadqiqotçisi Aleks Petriaşvili mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlaş Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz örtasidagi iqtisodiy aloqalarni kengaytirişning zaruriy şarti ekanligini qayd etdi.

Bu borada önlab yillar davomida asosan, xavfsizlikka tahdid nuqtai nazaridan körib kelingan Afğonistonga alohida eʼtibor qaratildi. Afğoniston Taşqi işlar vazirligi huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi direktori Abdul Hay Qanit Özbekiston tajribasi bunday yondaşuvdan amaliy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişga ötiş mumkinligini körsatayotganligini taʼkidladi. U bunga misol sifatida Transafğon temir yöli, Lapis-Lazuli koridori, TAPI gaz quvuri va CASA-1000 energetika loyihasini keltirdi.

Ikkinçi sessiya asosan, yuk taşiş hajmini oşiriş uçun zarur bölgan port va temir yöl infratuzilmasini kengaytiriş, şuningdek, Örta koridorni rivojlantiriş masalalariga bağişlandi.
Qozoğiston Strategik tadqiqotlar instituti departamenti rahbari Bibigul Omirbayeva mazkur yönaliş böyiça taşuvlar hajmi barqaror ösib borayotganligini tilga oldi. Uning maʼlumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida taşuvlar hajmi 29 foizga oşib, 4,1 million tonnaga yetgan. Uning fikriça, bunday şaroitda Markaziy Osiyodan Kaspiy dengiziga yuklarni olib çiqişda muhim ahamiyat kasb etuvçi Qozoğistonning Aqtau va Quriq portlarini rivojlantiriş alohida ahamiyatga ega.

Kaspiy dengizi orqali ötuvçi yönalişni rivojlantiriş mavzusini davom ettirar ekan, Ozarbayjon Xalqaro munosabatlarni tahlil qiliş markazi katta maslahatçisi Yunis Gurbanov Alat portining ötkazuvçanlik quvvatini 15,5 million tonnadan 25 million tonnagaça oşiriş rejalari hamda Ozarbayjonni Gruziya va Turkiya bilan boğlovçi Boku – Tbilisi – Kars temir yölining imkoniyatlarini kengaytiriş haqida maʼlumot berdi.

Yevropa Ittifoqi – Gruziya Biznes kengaşi ijroçi direktori Georgiy Kaçarava Örta koridorning ğarbiy yönalişini rivojlantiriş masalalariga töxtalib, ustuvor vazifalar qatorida Poti va Anakliya Qora dengiz portlarining imkoniyatlarini kengaytiriş, Tbilisida quruqlikdagi portni taşkil etiş, şuningdek, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz kompaniyalari iştirokida qöşma logistika markazlarini yaratişni bayon etdi.

Uçinçi sessiyada bojxona va çegara tartib-taomillarini raqamlaştiriş orqali yuk taşiş muddatlarini qisqartiriş çoralari muhokama qilindi.
Özbekiston Bojxona qömitasining AKT va kiberxavfsizlik boşqarmasi boşliği Elyor Hakimov milliy raqamli tizimlar rivojlanayotganiga qaramay, tranzit rasmiylaştiruvi böyiça yagona qoidalarning mavjud emasligi xalqaro taşuvlarga hanuz tösqinlik qilayotganligini qayd etdi.
Özbekiston hozirda önta davlat bilan elektron maʼlumot almaşinuvini yölga qöygan, şuningdek, Qozoğiston va Turkmaniston bilan tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqda.
Uning fikriça, navbatdagi qadam Yevropadagi NCTS tizimi singari yagona mintaqaviy tizimni yaratişdan iborat bölişi kerak.
Bojxona işi böyiça xalqaro ekspert Samson Uridiya suğurta va moliya taşkilotlari iştirokida mintaqaviy tranzit kafolatlari tizimini yaratiş, şuningdek, “yagona töxtaş joyi” tamoyili asosida qöşma çegara nazoratini joriy etişni taklif qildi.

Uşbu çora-tadbirlarning amaliy ahamiyatiga Turkmanistonning “Ykjam Hereketa” kompaniyasi logistika va xalqaro operatsiyalar yönalişi rahbari Aknur Saparova ham eʼtibor qaratdi. Uning sözlariga köra, Xitoydan Ozarbayjongaça yuk yetkazib beriş uçun belgilangan 12–15 kunlik muddat taşuvlarni bron qiliş, temir yöl platformalari va paromlarni kutiş, şuningdek, transport turlari almaşganda hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun sarflanadigan vaqtni hisobga olmaydi. Şu munosabat bilan, u çegaralarni kesib ötişda qöşimça keçikişlarni kamaytiriş maqsadida hujjatlarni oldindan tekşiriş tizimini yölga qöyişni taklif etdi.

Yakuniy sessiya investitsiyalarni jalb qiliş va iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş masalalariga bağişlandi. Armaniston Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi direktori Haykaz Fanyan Jahon banki baholariga tayanib, Örta koridorni rivojlantiriş uçun qariyb 55 milliard dollar investitsiya talab etilişini, şundan qariyb 11 milliard dollari Özbekistonga töğri kelişini taʼkidladi.

Bunday loyihalarni moliyalaştiriş masalasiga Xalqaro moliya korporatsiyasining Tojikistondagi vakili Farux Sultonov ham töxtaldi. Uning taʼkidlaşiça, davlat-xususiy şeriklik asosidagi infratuzilma loyihalari 30–40 yilga möljallangan bölib, xususiy kapitalni jalb qiliş uçun oldindan prognoz qiliş mumkin bölgan barqaror şart-şaroitlar va amalga oşirişga puxta tayyorlangan loyihalar zarur. Şu bilan birga, transport koridorlarini rivojlantiriş bilan boğliq iqtisodiy imkoniyatlar yuk tranziti doirasidan ança keng.

AQŞning Jorjtaun universiteti professori Tereza Sabonis-Helff Qozoğiston va Turkmaniston neftini Özbekistonda qayta işlaş, uran sanoatidagi hamkorlik hamda Qozoğiston va Ozarbayjon örtasida transkaspiy maʼlumot uzatiş kabelini yotqiziş istiqbollarini alohida taʼkidladi.

Konferensiya yakunida iştirokçilar transport koridorlarini rivojlantiriş Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz örtasidagi savdo hamda işlab çiqariş aloqalarini kengaytiriş, mavjud tösiqlarni bartaraf etiş va investitsiyalarni jalb qiliş bilan birgalikda olib borilişi lozimligi töğrisida yakdil fikrga keldilar.
Ö.Alimov, ÖzA