ASYEAN bayroği va gerbini yangiladi
Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari uyuşmasi (ASYEAN) Manilada bölib ötadigan 49-sammit doirasida yangi gerb nusxasini taqdim etadi va yangi bayroqni kötaradi. Bu haqda taşkilot kotibiyati bayonot bergan.
– Anjuman doirasidagi asosiy tadbirlar qatoriga yangilangan gerb tantanali namoyiş etilişi va yangilangan bayroq kötarilişi ham bor, – deyilgan bayonotda.
Yangi bayroqda 11 tup guruç poyasi tasvirlangan. Şarqiy Timor tuzilmaga qöşilişini aks ettiriş uçun bayroq va gerbda poya soni öndan ön birga özgartirildi.
Şarqiy Timor 2025-yil 26-oktabrda ASYEAN tarkibini töldirdi. Kuala-Lumpurda bölib ötgan 47-sammit oçilişida uşbu mitti davlat qabul qilingani aks etgan deklaratsiya imzolandi.
Filippin raislik qilayotgan bu yilgi sammit 17-noyabrgaça davom etadi.
S.Rahimov, ÖzA