Global isişda metanning hissasi katta
– Metan çiqindisini kamaytiriş va elektrlaştirişni tezlaştiriş çorasi global isişini ikki barobar kamaytirişi mumkin, – deydi BMT Iqlim özgarişi böyiça Doiraviy konvensiyasi ijroçi kotibi Saymon Stil.
Mutaxassis taʼkidlaşiça, ayniqsa neft, gaz va çiqindi sektorida metan “öta ifloslantiruvçi” vosita hisoblanadi.
– Birgalikda körilgan metan çiqindisini kamaytiriş va elektrlaştirişni tezlaştiriş çorasi sayyora uçun “sovuq kompress” vazifasini bajaradi, – dedi Stil Antaliyada bölib ötgan BMT Iqlim özgarişi böyiça Doiraviy konvensiyasi (COR31) anjumanida. – Şu yöl bilan global isişni yarim darajasigaça kamaytiradi. Şu tariqa harorat haddan ziyod kötarilişini jilovlaşning eng samarali usulidan foydalana olamiz. Mazkur amaliy yeçim izçil amalga oşirilişi orqali iqlimni maqbul çegarada uşlab turiş mumkin.
Metan karbonat angidriddan keyin iqlim özgarişiga eng köp salbiy taʼsir etadigan ikkinçi gaz hisoblanadi. 6-noyabr kuni Yevropa Ittifoqi kengaşi Yaqin Şarqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya bozoridagi uziliş tufayli neft, gaz va kömir importi uçun metan çiqindisini nazorat qiliş bilan boğliq joriy qilingan ayrim talablar ijrosi muddatini bir yil keçiktirişga rozi böldi.
S.Rahimov, ÖzA