Uvol bölayotgan oziq-ovqatlar, oçarçilikdan qiynalayotgan insonlar — masʼuliyat kimda?
Har kuni uydan işga qarab yölga otlanar ekanman, albatta, uydagi çiqindilarni yiğib, yöl-yölakay köçamiz boşidagi urnaga taşlab ketaman. Har gal çiqindixonadagi manzara esa dilimni xira qiladi.
Gap şundaki, çiqindixonada doim har xil turdagi oziq-ovqatlar, meva-sabzavotlar qoldiqlari böladi. Ularning aksariyati çirigan, açigan bölsa, ayrimlari biroz eskirib qolgan bölsada, isteʼmolga yaroqli holda. Non uçun ajratilgan urna ham qaçon qaramang, bölak va butun nonlar bilan töla böladi. Açinarlisi, ana şunday manzara poytaxtimizdagi deyarli hamma çiqindixonada kuzatiladi.
Qançadan-qança oziq-ovqat mahsulotlari uvol bölayotganiga guvoh bölganim sari dunyoning qaysidir burçaklarida oçlikdan, toza suvga muhtojlikdan aziyat çekayotgan minglab, millionlab insonlar, eti suyagiga yopişgan, bir burda nonga zor bolalar köz öngimdan ötaveradi, yuragim açişib qolaveradi.

Bugun Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Atrof-muhit böyiça dasturi — UNEPning Oziq-ovqat çiqindilari indeksi hisoboti maʼlumotlariga közim tuşib, içimdagi bu oğriq yanada gazak oldi.
UNEPning uşbu hisobotiga köra, dunyoda yetiştiriladigan oziq-ovqatning qariyb uçdan bir qismi isteʼmolçilarga yetib bormaydi yoki axlatga taşlanar ekan. Hosil yiğib olingandan söng dökon peştaxtalariga yetib borgungaça bölgan jarayonda saqlaş şaroiti yomonligi, muzlatkiçlar yetişmasligi va logistika sababli mahsulotlarning 13,2 foizi nobud böladi.
Dökonlar, restoranlar va uy xöjaliklarida oziq-ovqatning yana 19 foizi (yiliga 1,05 milliard tonna) çiqindiga taşlanadi.
Açinarlisi, isrofgarçilikning eng katta uluşi uylarda yuzaga kelar ekan. Yaʼni, Oziq-ovqat çiqindilari indeksi hisoboti maʼlumotlariga köra, isrofning 60 foizi bevosita xonadonlarda, 28 foizi umumiy ovqatlaniş joylarida va 12 foizi çakana savdo dökonlarida yuz beradi.
Maʼlumotlarga köra, dunyoda 780 milliondan ortiq inson töyib ovqatlanmaslik va oçarçilikdan qiynalmoqda. Birgina uy xöjaliklarining özida har kuni 1 milliarddan ortiq porsiya tayyor ovqat axlatga taşlanadi, bu esa oç qolayotgan har bir insonni kuniga bir neça mahal töydirişga bemalol yetar ekan.
Çiqindixonalarda çiriyotgan oziq-ovqat qoldiqlari esa yana ikkinçi bir ekologik muammoni yuzaga keltiradi. Yaʼni, ular özidan metan gazini çiqaradi va global isiş muammosiga “hissa” bölib qöşadi. Bu borada oziq-ovqat isrofi global issiqxona gazlarining 8 foizdan 10 foizgaça qismiga javobgar bölişi, bu esa aviatsiya sohasidan qariyb 4 barobar köp zararli ekanligi aytilgan.
Bugun butun Yer sayyorasida iqlim özgarişi oqibatida suv resurslari kamayib ketayotgani global muammoga aylanib böldi. Nafaqat içişga yaroqli bölgan suv hajmi, balki qişloq xöjaligi uçun işlatiladigan suv zaxiralari ham keskin kamayib ketmoqda. Ana şunday ilojsiz bir vaziyatda qolayotgan insoniyat agrar tarmoqda suvni tejab işlatiş texnologiyalarini yaratib, undan tobora keng foydalanişni yölga qöymoqda. Dehqonçilik va boğdorçilikda suvning bir tomçisini ham uvol qilmasdan samarali foydalanişga eʼtibor va talab kuçaymoqda.
Suv tanqisligi şaroitida, tabiat oldida imkonsiz holda, köplab qiyinçiliklar, oğir mehnatlar va qança yöqotişlar evaziga yetiştirilayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlarining isrof qilinişi esa ekologiya va tabiatga ham xiyonatdir.
Bu borada isrof bölgan mahsulotlarni yetiştiriş uçun dunyodagi barça qişloq xöjaligi yerlarining 28 foizi va ulkan hajmdagi toza çuçuk suv zaxiralari behuda sarflanayotgani ayançli hol. Mahsulotlarni yetiştirişda nafaqat yer va suv, balki boşqa bir qator tabiiy resurslar ham sarflanişi uning qiymatini yanada oşiradi.
Afsuski, qança tabiiy resurslar evaziga bunyodga kelayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining isrof qilinib, çiqindiga aylantirilişi inson va tabiat muvozanatining yanada keskinlaşib borişiga olib keladi. Bir tomondan esa töqlikka şöxlikning javobi va oqibati ham ayovsiz ekanligini unutmasligimiz lozim.

Asosiy maqsadi hozirgi va kelajak avlodlar manfaati uçun atrof-muhitni muhofaza qiliş va yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlarni taşkil etiş va amalga oşirişdan iborat bölgan UNEPning yuqoridagi statistik maʼlumotlari butun insoniyatga nisbatan çaqiriq bölişi lozim. Çiqindixonalarda uyilib yotgan oziq-ovqatlarni, avvalo, şu joygaça yetib kelişining oldini oliş har bir insonning vazifasiga, masʼuliyatiga aylanmoği şart. Bu bilan ham ekologiya va atrof-muhitga, ham iqtisodiyotga öz hissamizni qöşgan bölamiz.
Qolaversa, ota-bobolarimiz tomonidan isrofgarçilik eng yomon odat sifatida muntazam aytib kelingan pand-nasihatlarni ham unutmasligimiz zarur. Asrlar davomida avloddan-avlodga ötib kelayotgan “Tejagan — özar, isrof qilgan — tözar”, “Boylik uşoqdan yiğilar”, “Yiğsang yetasan, sovursang ketasan”, “Hisobini bilmagan hamyonidan ayrilar” singari xalq maqollari ham bejizga aytilmagan. Ularning mazmun-mohiyatini teran anglab, har birimiz amaliyotimizga joriy qilsak, yuqoridagi kabi ayançli oqibatlar yuzaga kelmaydi, deb umid qilamiz.
Muhtarama Komilova, ÖzA