Arağçiy: Eron boyitilgan uranni mamlakatdan olib çiqiş niyatida emas
Eron boyitilgan uran mavzusini muhokama qilişga tayyor, ammo zaxirani mamlakatdan olib çiqişga rozi emas.
AzerTAJ yozişiça, bu haqda Eron taşqi işlar vaziri Abbos Arağçiy maʼlum qilgan.
Bayonotda Tehron 60 foizgaça boyitilgan uran zaxirasi böyiça muzokara uçun oçiqligi, yadroviy boyitiş masalasida milliy manfaatni himoya qiladigan adolatli kelişuvga erişiş mumkinligi taʼkidlangan.
Yaʼni, Tehron AQŞ bilan yangi uruşning oldini oladigan barqaror bitim tuzmoqçi. Bilʼaks, Vaşington ğalaba sifatida taqdim etilişi mumkin bölgan yon berişga bormoqçi emas.
Şuningdek, mulozim Qatar va Pokiston kömagida Eron va AQŞ örtasida taklif almaşinuvi davom etayotganini tasdiqladi.
A.Mamatov, ÖzA