NYT: Qrim köprigini tiklaş ikki yilga çöziladi
Muhandislar Qrim köprigining avto maşina yuradigan qismini taʼmirlaş yillar davom etişi mumkinligini taʼkidlayapti, deyilgan “The New York Times” gazetasi eʼlon qilgan maqolada.
227 metrli qulagan ark inşootning eng murakkab bölagi sifatida yölni daryodan taxminan 35 metr balandga kötargan. Voronejdagi zavod işçilari bir neça oy tayyorlagan pölat qurilma böğoz yaqinidagi sirpançiq yölda 11 oy davomida payvandlanib, şundan söng katamaran pontoni yordamida joyiga tortilgan. Arkni köprikning qolgan qismiga ulaş va asfaltlaş uçun yana bir neça oy kerak bölgan.
Abu-Dabidagi Xalifa universiteti fuqarolik va atrof-muhit muhandisligi professori Andreas Kappos taʼkidlaşiça, “taxminan ikki yil avtomobil köprigida harakatni tiklaş uçun oqilona vaqt oraliğidir”. Faqat bu iş Ukraina zarbasi tufayli töxtab qolmasa va ark oraliğini uşlab turuvçi ustun jiddiy zarar körmagan bölsagina amalga oşadi.
Köprik qulaşini tekşirgan konsalting muhandisi Donald Dyuzenberri, hatto şunçaki vayronani tozalaş ham qiyin vazifa ekanini taʼkidladi. Şuningdek, u noyob ark oraliği inşootning nisbatan oson almaştiriladigan asosiy qismini taşkil etuvçi odatiy oraliqdan farq qilişiga urğu bergan. Yaʼni, ustunlarni taʼmirlaş talab etilsa, murakkablik yanada ortadi.
S.Rahimov, ÖzA