Polşada AQŞ harbiy bazasi joylaştirilişi mumkin
Polşada AQŞ harbiy bazasini joylaştiriş töğrisidagi qaror dekabr oyi boşida eʼlon qilinişi kutilmoqda.
AzerTAJ xabariga köra, bu haqda Polşa mudofaa vaziri örinbosari Sezari Tomçik mahalliy telekanalga bergan intervyusida maʼlum qilgan.
Uning sözlariga köra, Prezident Donald Tramp dekabr oyi dastlabki kunlarida Amerikaning Yevropadagi harbiy iştiroki, jumladan uşbu mamlakatdagi harbiy qarorgohlar böyiça qaror qabul qilişi mumkin.
Taʼkidlanişiça, Varşava tomoni loyihani moliyalaştiriş va texnik masalani kelişiş böyiça zarur işni amalga oşirgan. Endi yakuniy qaror AQŞ yetakçisiga boğliq.
A.Mamatov, ÖzA