Kuşner: Rossiya Ukraina uçun xavfsizlik kafolati loyihasini qabul qildi
– Menimça, biz ruslarni Ukraina uçun har qanday xavfsizlik kafolati NATO nizomi 5-moddasi asosida amalga oşirilişi mumkinligiga muvaffaqiyatli işontirdik, – dedi AQŞning maxsus elçisi Jared Kuşner Berlinda bölib ötgan “Xohlovçilar koalitsiyasi” yiğilişidan keyingi matbuot anjumanida. – Ularning maqsadi uruş tugagandan keyin kelajakda yana bir uruş boşlanmasligini taʼminlaşdir
Uning taʼkidlaşiça, Vaşington agar AQŞ manfaatiga xizmat qilsa va kengroq xavfsizlik töplamining bir qismi bölsa, Ukrainaga NATO nizomi 5-moddasiga öxşaş xavfsizlik kafolati berilişi masalasini körib çiqişga tayyor.
Prezident Vladimir Zelenskiy uşbu mavzuga izoh berar ekan, Ukraina va AQŞ tegişli modda böyiça himoyani turliça tuşunişini tan oldi. Uning fikriça, uşbu modelga köra, AQŞ va boşqa hamkorlar Yaqin Şarqda bölgani kabi Ukrainada ham öz bazasi va qöşinini joylaştirişi kerak. Yaʼni, öşa davlatlar NATO aʼzosi bölmasa-da, öz hududida harbiy bazalar joylaştirgan.

– Men uçun bu 5-moddaning bir qismi: AQŞ va Yevropa hamkor kuçlarining mavjudligi, bazalar taşkil etilişi, – dedi Zelenskiy jurnalistlarga. – Busiz törtinçi va beşinçi moddalar, yana boşqa jihatlar haqida gaplaşiş mumkinmi yo yöqmi, amin emasman. Va ikkinçi nuqta – ehtimol, hatto eng muhimi: tajovuzga qanday javob beriladi? Hamkorlarimiz nima qiladi?
Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari xabariga köra, Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Ryabkov Ukrainaga NATO uslubidagi xavfsizlik kafolati beriş ğoyasiga qarşi çiqqan.

“Interfaks” agentligi keltirgan iqtibosga köra, Ryabkov 5-moddaga asoslangan kafolat haqidagi savolga javob berar ekan, Ukrainaning NATOga kvazi aʼzoligi yoki bu borada qandaydir “kreativ yeçim” izlaş Rossiya uçun nomaqbul ekanini taʼkidlagan. Yaʼni, Moskva xavfsizlik kafolati masalasini birinçi navbatda milliy xavfsizligini taʼminlaş nuqtai nazaridan körib çiqadi. Qolaversa, Kiyevning NATOga qöşilmasligi haqidagi talab qatʼiy ravişda tan olingandan keyingina mazkur masala muhokama qilinişi mumkin.
S.Rahimov, ÖzA