O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi hamda Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi hamkorligida Navbahor tumanidagi “Konimex-1” nasos stansiyasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.

Ta’kidlash joizki, “Konimex-1” nasos stansiyasi 1978 yildan buyon qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini suv bilan ta’minlab kelmoqda. 2020 yilda yangidan modernizatsiya qilinib, suv miqdorini “onlayn” rejimda monitoring qilish uskunasi bilan ta’minlangan. Ayni paytda korxonada bir smenada 4 nafar xodim faoliyat ko‘rsatadi.  

– Mazkur stansiyada 8 dona SXK 900-1050 rusumli nasos agregatlari mavjud bo‘lib, 24 m3/sekund suv chiqarish quvvatiga ega, – deydi “Konimex-1” nasos stansiyasi boshlig‘i Marat Azimov. – Nasos stansiyasi Xitoy Xalq Respublikasining kredit mablag‘lari hisobiga rekonstruksiya qilingan bo‘lib, mazkur nasos stansiyasi orqali bugungi kunda Navbahor va Konimex tumanlaridagi 18 ming 100 gektar ekin maydonlariga suv yetkazilib berilmoqda. Nasos stansiyasi o‘ng qirg‘oq kanali suvini 24 metr balandlikka chiqarib beradi. Bu yerda ishchi-xodimlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Mavjud yordamchi xo‘jalik yer maydonimizda parrandachilik, chorvachilik hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ham yo‘lga qo‘yganmiz. Bu qo‘shimcha daromad manbaidan ishchi-xodimlarimizni rag‘batlantirib kelyapmiz.  

Press-tur davomida OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.  

Qayd etish kerakki, Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufida 37 dona nasos stansiyalari va 170 dona nasos agregatlari mavjud bo‘lib, ularning 31 donasi sug‘orish, 5 donasi meliorativ, 1 donasi yaylov suv ta’minotiga xizmat ko‘rsatuvchi nasos stansiyalarini tashkil etadi. Umumiy nasos agregatlar soni esa 170 dona bo‘lib, ushbu agregatlarni loyihaviy suv chiqarish qobiliyati 155,1 m3/sekundni, umumiy quvvati esa 92 ming 893 kilovattni tashkil etadi.  

Boshqarma tomonidan 2024 yilda nasos stansiyalar va yer osti tik quduqlarni ekspluatatsiya qilishga 118 million 351 ming kilovatt soat elektr energiya limiti ajratilgan. Yanvar-sentyabr oylarida ajratilgan 96 million 353 ming kilovatt soat elektr energiyasi o‘rniga amalda 91 million 433 ming kilovatt soat elektr energiya sarflangan. Natijada 4 million 936 ming kilovatt soat elektr energiya iqtisod qilinishiga erishilgan. Shuningdek, nasoslarni almashtirish hisobiga 10 foiz, elektrodvigatellarni almashtirish hisobiga 7 foiz, kondensator qurilmasini o‘rnatish hisobiga 10 foiz hamda chastota o‘zgartuvchi qurilma o‘rnatish hisobiga 3 foiz elektr energiyani iqtisod qilinishiga erishiladi. Energiya tejamkor uskunalar o‘rnatish hisobiga nasos stansiyalarida 30 foizgacha elektr energiya iqtisod qilinishi soha rivojida hamda byudjet mablag‘lari tejalishida muhim ahamiyat kasb etadi.  

– Boshqarma tomonidan elektr energiyani iqtisod qilish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish maqsadida Navbahor tumanida joylashgan “Konimex-1” nasos stansiyasiga 65 kilovatt, “Konimex-2” nasos stansiyasiga 15 kilovatt, Qiziltepa tumanida joylashgan “Navoiy” nasos stansiyasiga 25 kilovatt hamda boshqarma binosida 85 kilovattlik quyosh panellari o‘rnatilib, ishga tushirildi, – deydi Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Hamidov.  

Matbuot anjumanida OAV xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutasaddilardan atroflicha javob oldi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nasos stansiyalarida energotejamkor uskunalardan foydalanilmoqda