Moskvadagi 9-may paradi harbiy texnikalarsiz o‘tkazilishi mumkin (+video)
Netanyahuga afv rad etildi, AQSHda otishma, Moskva paradi cheklanishi mumkin
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/l-ydVfyLWnM" title="Netanyaxuga afv rad etildi, AQShda otishma, Moskva paradi cheklanishi mumkin" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Assalomu alaykum. Dunyodagi eng dolzarb voqealar tahlilida. Isroil prezidenti Isxak Gersog korrupsiyada ayblanayotgan bosh vazir Binyamin Netanyahuni afv etmaslikka qaror qildi. Uning ta’kidlashicha, bu qaror jamiyatda bo‘linishning oldini olishga qaratilgan. Shu bilan birga, AQSHda Donald Tramp ishtirok etgan tadbirda otishma sodir etgan shaxsga prezidentga suiqasdga urinish ayblovi qo‘yildi.
Rossiya poytaxti Moskvada 9-may paradi bu yil cheklangan formatda o‘tishi mumkin. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, harbiy texnika ishtirok etmaydi va tadbir qisqartiriladi. Shu bilan birga, Bahrayn 69 kishini fuqarolikdan mahrum qildi, ular Eronni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblanmoqda. Osiyoda esa Indoneziya poytaxti Jakartada poyezdlar to‘qnashuvi 14 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
Yevropada Serbiya Ramzan Qodirovning jiyani Yakub Zakriyevga fuqarolik berdi. Mutaxassislar bu kabi qarorlar Rossiya elitasi uchun Yevropa hududiga kirishni yengillashtirishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ilmiy yangilik sifatida esa Xitoyda ko‘mirdan foydalanib, ammo atmosferaga zararli chiqindilar chiqarmaydigan yangi turdagi batareya ishlab chiqildi.
Dunyodagi voqealar shu bilan cheklanmaydi. Yangiliklar va tahlillarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov, Salim Obidjonov O‘zA