O‘ziga xos an’analarga ega Nurota kashtachilik maktabi
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyatining Nurota kashtachilik maktabi an’analari avloddan avlodga o‘tib kelayotgan bo‘lib, uning o‘ziga xos elementlardan biri bu – anor tasviri sanaladi. Anor – Nurota tumanining brendi, desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu tasvir – baxt-saodat belgisidir.
Bugungi kunda nurotalik qariyb ming nafar xotin-qiz kashtachilik bilan shug‘ullanib, daromad qilib kelmoqda. Bu oddiygina mehnat emas, balki hunarmanddan katta sabr-toqat talab etuvchi san’at ishidir. Bitta mahsulot – so‘zana yoki kashtani tayyorlashga uning hajmiga qarab haftalab, hatto oylab vaqt ketishi, birgina mahsulot ustida 5–6 kishi ishlashi ham mumkin.
[gallery-30108]
Mahsulotlarning barchasi qo‘l mehnati bilan yaratiladi. Kashtalarga ishlatiladigan iplar ham qadimiy uslubda shu yerning o‘zida tayyorlanadi. Nurotalik kashtado‘zlar o‘z mehnat mahsullarida milliy kashtachilik va so‘zana san’atida o‘simliksimon hamda gullar tasviri tushirilgan naqsh kompozitsiyalarini keng qo‘llaydi, anor, anorgul, bodomgul singari oftoba naqshlar bardavomligini ta’minlashga e’tibor qiladi. Ularning aytishicha, kashtalardagi anor, bodom shaklli naqshlar serfarzandlik, baxt, mehr-muhabbat, totuvlik ma’nolarini anglatadi.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA