Bilimdonlar saralanmoqda
FOTOREPORTAJ
Respublikamiz barcha hududlarida bo‘lgani kabi Surxondaryo viloyatida ham Prezident maktabiga kirish imtihonlarining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Test imtihonlari Termiz shahridagi 11 ta binoda, jumladan Bilim va malakalarni baholash agentligi viloyat bo‘limi binosida ham tashkil etildi.
Prezident maktabining 5-sinfiga ajratilgan mavjud 24 ta kvota uchun 4 ming 356 nafar o‘quvchidan hujjatlar qabul qilindi. Ta’lim maskaniga 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul joriy yilning 25-iyunidan 14-iyuliga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.
O‘quvchilar imtihon o‘tkazilayotgan binolardagi jami 146 ta guruhda test sinovlarini topshirdi. Joriy yilda o‘tgan yillardan farqli o‘laroq test jarayonlari 1 smenada bo‘lib o‘tdi.
[gallery-30099]
Kirish imtihonlari 2 bosqichda o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, viloyatning shahar va tumanlaridan hujjat topshirgan bolalarning eng yuqori bal to‘plagan 400 nafari saralanib, 2-bosqichda ishtirok etadi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA