Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi Yoshlar markazida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov umumta’lim maktablarining iqtidorli bitiruvchilari bilan uchrashdi.
Tadbirda Termiz shahridagi mavjud 30 ta umumta’lim maktabini 2025/2026 o‘quv yilida yuksak natijalar bilan yakunlagan 41 nafar o‘quvchiga oltin va 7 nafar o‘quvchiga kumush medallar tantanali ravishda topshirildi.
[gallery-30104]
Shuningdek, xalqaro va respublika miqyosida yutuqlarga erishgan hamda muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalari talabaligiga tavsiya etilgan bitiruvchilar munosib rag‘batlantirildi.
Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerak, joriy o‘quv yilida viloyatdagi 996 ta maktabning 328 nafar bitiruvchisi oltin, 83 nafar bitiruvchisi kumush medal sohibiga aylandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA