Ziyolilar – milliy yuksaliş tayançi
Toşkent viloyatida "Özbekiston ziyolilari kengaşi"ning hududiy yiğilişi ötkazildi. "Yangi Özbekiston ziyolilari – milliy yuksaliş tayançi" şiori ostida taşkil etilgan tadbirda hudud ziyolilarining jamiyat hayotidagi örni va masʼuliyati, maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi dolzarb masalalar hamda istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.
Yiğilişning oçiliş marosimida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinçi örinbosari Eʼzozxon Karimova, Toşkent viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Otabek Sultonbekov, ziyolilar, nuroniylar hamda jamoat faollari iştirok etdi.

Sözga çiqqanlar kengaş faoliyatining mazmun-mohiyati, uning oldida turgan ustuvor vazifalar, ziyolilarning jamiyat taraqqiyotidagi örni va ijtimoiy masʼuliyati xususida fikr bildirdi.
Bugungi yangilanişlar davrida ilm-fan, taʼlim, madaniyat va maʼnaviyat sohalari vakillarining faolligini oşiriş, yoş avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga daxldorlik tuyğusi va yuksak maʼnaviy fazilatlarni şakllantirişda ziyolilarning taʼsirini kuçaytiriş muhimligi taʼkidlandi. Şuningdek, jamiyatda soğlom maʼnaviy muhitni mustahkamlaş, aholi, ayniqsa, yoşlarning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, turli yot ğoyalarga qarşi maʼrifat bilan kuraşişda kengaş aʼzolarining imkoniyatlaridan samarali foydalaniş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Şundan söng iştirokçilar yönalişlar böyiça guruhlarga ajralib, maxsus xonalarda taşkil etilgan maşğulotlarda qatnaşdi. Ularda özaro hamkorlikni mustahkamlaş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş, mavjud muammolar yuzasidan fikr almaşiş hamda maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat samaradorligini oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Ikki kunlik tadbirlar davomida hududlardagi ziyolilarning jamiyat hayoti va taraqqiyotiga oid fikr-mulohazalarini tinglaş, joylarda kötarilayotgan dolzarb ijtimoiy-maʼnaviy masalalarni oçiq muloqot şaklida muhokama qilişga alohida eʼtibor qaratildi. Mavjud muammolar yeçimi böyiça ilmiy asoslangan amaliy taklif va taşabbuslarni işlab çiqiş masalalari ham körib çiqildi.

Xususan, muhokamalarda mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantiriş, globallaşuv şaroitida yoş avlodning mafkuraviy va raqamli immunitetini şakllantiriş, axborot makonida soğlom muhitni qaror toptirişning taʼsirçan mexanizmlarini yölga qöyiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, oila, mahalla va taʼlim muassasalari örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, yoşlarning intellektual salohiyatini röyobga çiqariş borasida taklif va taşabbuslar bildirildi.

Yiğilişda ilgari surilgan taklif va taşabbuslarni umumlaştirib, Toşkent şahrida bölib ötadigan “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning respublika yiğilişiga taqdim etiş nazarda tutilgan.
A.Musayev, ÖzA