Tadbirkorlar murojaatlariga amaliy yeçim
Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi boşliği I. Azamxöjayev iştirokida tadbirkorlarning muammo va takliflarini örganiş, ularni qöllab-quvvatlaş hamda faoliyatida yuzaga kelayotgan masalalarga yeçim topiş maqsadida sayyor qabul ötkazildi.
Qayd etiş joizki, 2026-yilning 9 oyi davomida Toşkent viloyati bojxona boşqarmasiga jismoniy va yuridik şaxslardan 198 ta murojaat kelib tuşgan. Şundan 153 tasi böyiça qonunçilik doirasida batafsil tuşuntirişlar berilgan, 45 ta murojaat esa qanoatlantirilgan. Murojaatlarning asosiy qismini bojxona nazorati va rasmiylaştiruvi, şuningdek, bojxona tölovlaridan ozod qiliş va imtiyozlar beriş bilan boğliq masalalar taşkil etgan.

Navbatdagi sayyor qabulda ham 30 nafarga yaqin jismoniy va yuridik şaxs vakillari iştirok etib, tadbirkorlik faoliyatini yuritiş va kengaytiriş jarayonida duç kelayotgan muammolar, yangi loyihalarni amalga oşiriş hamda bojxona sohasiga oid boşqa masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdi.
Xususan, omborxonalar faoliyatini kengaytiriş va yangilarini taşkil etiş, tozalanmagan ösimlik yoğini import qilib, qayta işlaş va eksport qiliş, import qilinayotgan benzin mahsuloti tannarxini pasaytiriş, aniqlangan qarzdorlikni bölib-bölib tölaş, avval faoliyat yuritgan omborxonani qayta tiklaş kabi masalalar kötarildi. Jumladan, “CENTRUM-SOLUTIONS” MÇJ vakillari mavjud omborxona hududini kengaytiriş hamda qöşimça saqlaş maydonlarini taşkil etiş böyiça murojaat qildi. Taklif maʼqullanib, loyihani amalga oşiriş uçun zarur hujjatlarni qonunçilik talablari asosida rasmiylaştiriş va belgilangan tartibda taqdim etiş yuzasidan tuşuntiriş berildi.

Şuningdek, “SANJIK SHOD” korxonasi vakillari tomonidan tozalanmagan, qayta işlanmagan ösimlik yoğini import qiliş, uni qayta işlaş va tayyor mahsulotni eksportga yönaltiriş taşabbusi aytildi. Uşbu taklif ham qöllab-quvvatlanib, faoliyatni yölga qöyiş uçun zarur hujjatlarni rasmiylaştiriş tartibi tuşuntirildi. “PREMIER ELECTROTECH” korxonasi masʼullari omborxona taşkil etiş va uni belgilangan tartibda faoliyatga tuşiriş masalasi kötarildi. Murojaat yuzasidan tegişli tuşuntiriş va körsatmalar berildi.

Sayyor qabul davomida har bir murojaat alohida körib çiqilib, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini taʼminlaş, mavjud tösiqlarni bartaraf etiş va işbilarmonlik muhitini yaxşilaşga qaratilgan takliflar muhokama qilindi. Şu bilan birga, öz faoliyatida yuqori natijalarga erişayotgan, iqtisodiyot rivojiga munosib hissa qöşayotgan tadbirkorlar boşqarma boşliği tomonidan munosib taqdirlandi.

Bunday sayyor qabullar tadbirkorlar bilan oçiq muloqotni mustahkamlaş, ularni qiynayotgan masalalarni joyida örganiş va hal etiş, bojxona organlari bilan işbilarmonlik subʼektlari örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
A.Musayev, ÖzA