“Kimçi festivali” — millatlararo döstlik va madaniyatlararo muloqot bayrami
Özbekistonda Millatlararo munosabatlar qömitasi va Koreys madaniy markazi hamkorligida “Kimçi festivali” bölib ötdi. U koreys milliy madaniyatini tarğib etiş va xalqlar hamjihatligini mustahkamlaşga qaratildi.
Kimçi — koreys millatining eng qadimiy va maşhur milliy taomlaridan biri bölib, asosan turli sabzavotlarni maxsus ziravorlar yordamida aralaştiriş orqali tayyorlanadi.
Mazkur taom nafaqat koreys milliy oşxonasining ajralmas qismi, balki millat birdamligi, oilaviy qadriyatlari va avlodlar davomiyligini ifodalovçi madaniy ramz sifatida ham qadrlanadi.

Özbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari böyiça qömitasi hamda Özbekiston koreys madaniy markazlari uyuşmasi hamkorligida koreys millatining milliy pazandaçilik anʼanalarini tarğib etişga qaratilgan “Kimçi festivali” ötkazildi.
Mazkur madaniy-maʼrifiy tadbirda Qömita rahbariyati, milliy madaniy markazlar faollari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda keng jamoatçilik iştirok etdi.

Festivalning asosiy maqsadi koreys millatining asrlar davomida şakllangan milliy urf-odatlari, anʼanalari va pazandaçilik madaniyatini keng jamoatçilikka taniştiriş, şuningdek, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari örtasidagi döstlik, özaro hurmat va hamjihatlik riştalarini yanada mustahkamlaşdan iborat.
Tadbirda koreyslar milliy madaniyatida alohida örin tutadigan kimçi taomining tarixi, tayyorlaniş usullari, uning koreys millati turmuş tarzi va oilaviy anʼanalaridagi ahamiyati haqida söz yuritildi. Ayniqsa, kimçini jamoa bölib tayyorlaş va özaro ulaşiş anʼanasi — “Kimjang” koreys millatining özaro mehr-oqibat, hamkorlik va birdamlik qadriyatlarini özida mujassam etadi.
Uşbu anʼana 2013-yilda YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi röyxatiga kiritilgan. Festival milliy pazandaçilik anʼanalarini namoyiş etiş bilan bir qatorda, turli millat vakillarining bir-birining madaniyati, qadriyatlari va urf-odatlariga bölgan hurmatini yanada oşirişga xizmat qiladigan muhim madaniy muloqot maydoniga aylandi.
Bugungi kunda yurtimizda istiqomat qilayotgan koreys millati vakillari mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy, madaniy va maʼnaviy hayotida faol iştirok etib, jamiyatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşmoqda. Özbekiston koreys madaniy markazlari uyuşmasi tomonidan amalga oşirilayotgan madaniy-maʼrifiy loyihalar, milliy bayramlar va turli festivallar koreys millatining öziga xos madaniy merosini asrab-avaylaş, uni kelajak avlodlarga yetkaziş hamda xalqlar örtasidagi madaniy hamkorlikni kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Şu örinda taʼkidlaş joizki, mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillarining tinçlik va totuvlikda yaşaşi, ularning milliy madaniyati, tili, urf-odatlari va anʼanalarini saqlaş hamda rivojlantirişlari uçun keng imkoniyatlar yaratilgan. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar esa mazkur ezgu maqsadlarni röyobga çiqariş, millatlararo totuvlik va jamiyatda bağrikenglik muhitini mustahkamlaşda muhim örin tutmoqda.
“Kimçi festivali” ham ana şunday ezgu maqsadlarga xizmat qilib, madaniyatlar xilma-xilligini tarğib etiş, xalqlar örtasidagi özaro hurmat va döstlik aloqalarini mustahkamlaş, şuningdek, yoş avlodni bağrikenglik va hamjihatlik ruhida tarbiyalaşning yorqin namunasiga aylandi.
Nigora Rahmonova,
ÖzA