Savdo-iqtisodiy muloqot yangi investitsiyalarga yöl oçadi
Xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, tadbirkorlik uçun qulay muhit yaratiş va xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlarning ustuvor yönalişi hisoblanadi. Xususan, erkin iqtisodiy zonalar va texnoparklar faoliyati hamda investorlarga berilayotgan imtiyozlar xorijiy hamkorlar bilan yangi loyihalarni yölga qöyişda muhim omil bölmoqda
Toşkent şahrida bölib ötgan “Xaynan erkin savdo porti – Toşkent savdo-iqtisodiy almaşinuv uçraşuvi” mavzusidagi qöşma biznes-forum ham mazkur hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratildi.
Özbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Xitoy Xalqaro savdoga kömaklaşiş kengaşining Xaynan provinsiyasi qömitasi hamkorligida taşkil etilgan tadbirda ikki mamlakatning vazirlik va idoralari vakillari, tadbirkorlar, investorlar hamda huquqşunoslar iştirok etdi.
Savdo-sanoat palatasi maʼlumotiga köra, forumda Özbekiston va Xitoy örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning bugungi holati, mavjud imkoniyatlar va istiqboldagi hamkorlik yönalişlari muhokama qilindi.
Xitoy delegatsiyasi aʼzolariga mamlakatimizda xorijiy investorlar uçun yaratilgan qulay işbilarmonlik muhiti, erkin iqtisodiy zonalar va texnoparklar faoliyati haqida batafsil maʼlumot berildi. Şuningdek, mehmonlar Toşkent xalqaro moliya markazi hamda IT Park rezidentlari uçun taqdim etilayotgan imtiyoz va şaroitlar bilan taniştirildi.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, Xaynan provinsiyasi Xitoyning taşqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirişda alohida örin tutadigan hududlaridan biri hisoblanadi.
Uçraşuv davomida Xitoy tomoni qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş, maşinasozlik, muqobil energetika va turizm sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşirişga qiziqiş bildirdi. Xususan, “Hainan NicePow Industry”, “Dehang” va “Huali” kompaniyalari özlarining investitsiyaviy hamda biznes takliflarini taqdim etdi.
Muzokaralarda agrar sohadagi hamkorlik, sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, eksport salohiyatini oşiriş, xalqaro savdo aloqalarini kengaytiriş hamda tadbirkorlik faoliyatini huquqiy jihatdan qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Forum yakunida Özbekiston Savdo-sanoat palatasi, Xitoy Xalqaro savdoga kömaklaşiş kengaşining Xaynan provinsiyasi qömitasi hamda Xitoy Xalqaro savdo palatasining Xaynan bölinmasi örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi.
Umuman olganda, Xaynan provinsiyasi bilan yölga qöyilayotgan muloqot Özbekiston va Xitoy örtasidagi iqtisodiy şeriklikni hududlararo hamkorlik hisobiga yanada boyitiş imkonini beradi.
M.HOJIAKBAROVA,
ÖzA