Mahalliy işlab çiqariş – iqtisodiy yuksaliş kafolati
Mamlakat iqtisodiyotining qudrati, avvalo, uning işlab çiqariş salohiyati, milliy mahsulotlarining raqobatbardoşligi va tadbirkorlarning taşabbuskorligi bilan belgilanadi. Şu maʼnoda, mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş nafaqat iqtisodiy ösiş, balki yangi iş örinlari yaratiş, aholi farovonligini oşiriş va mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlaşda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning 9-noyabr kuni elektrotexnika sanoati vakillari, mahalliy tadbirkorlar hamda xorijiy investorlar bilan ötkazgan muloqotini ana şu nuqtai nazardan katta qiziqiş bilan kuzatdim. Uçraşuvda bildirilgan fikrlar va belgilangan vazifalar menda işlab çiqariş sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor, xalq deputatlari Toşkent viloyati Kengaşi deputati sifatida ham muayyan xulosalarni şakllantirdi.
Ayniqsa, elektrotexnika sanoatida sönggi ön yilda erişilgan natijalar eʼtiborga molik. Sohaga 2 milliard dollar investitsiya kiritilib, 413 ta yangi işlab çiqariş quvvati işga tuşirilgan. Mahsulot işlab çiqariş hajmi 2016-yildagi 1,7 trillion sömdan, joriy yilda 50 trillion sömga yetgan. Eksport hajmining 14 barobar ösib, 1 milliard 600 million dollarni taşkil etgani ham islohotlar samarasini körsatadi.

Bu raqamlarni şunçaki statistik körsatkiç sifatida qabul qilmaslik kerak. Ularning ortida işga tuşirilgan korxonalar, yaratilgan iş örinlari, zamonaviy texnologiyalar, tadbirkorlarning izlanişlari va yurtimiz iqtisodiy salohiyatining ortişi turibdi.
Biroq erişilgan natijalar bilan çeklanib qoliş mumkin emas. Bugungi raqobat muhiti bizdan işlab çiqariş hajmini oşiriş bilangina kifoyalanmasdan, yuqori qöşilgan qiymatga ega, zamonaviy, energiya tejamkor va xalqaro bozorda talab yuqori bölgan mahsulotlar yaratişni talab etmoqda.
Men buni tadbirkorlik faoliyatimda ham yaqqol his qilaman. Ohangaron tumanida faoliyat yuritayotgan “Premier” korxonamizda mahalliy brendni rivojlantiriş, mahsulot sifatini oşiriş va isteʼmolçilar işonçini qozoniş yölidagi izlanişlarimiz şuni körsatadiki, işlab çiqarişda barqaror natijaga erişiş uçun doimiy yangilaniş zarur. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, sifatni taʼminlaş va bozor talablarini çuqur örganiş har bir işlab çiqaruvçining kundalik vazifasiga aylanişi kerak.

Şu bois mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan davlat siyosati biz uçun muhim tayançdir. Ayniqsa, uçraşuvda davlat xaridlari tizimini takomillaştiriş, uç yillik xarid rejalarini oldindan eʼlon qiliş va mahsulotlarni tanlaşda ularning faqat xarid narxini emas, balki butun xizmat davridagi iqtisodiy samaradorligini hisobga oliş taklif etilgani eʼtiborga loyiq.
“Life cost” yondaşuvi, nazarimda, mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun yangi imkoniyatlar oçadi. Çunki mahsulotning haqiqiy qiymati faqat uning sotib oliş narxi bilan belgilanmaydi. Sifati, energiya sarfi, xizmat muddati, taʼmirlaş va texnik xizmat körsatiş xarajatlari ham muhim mezon hisoblanadi. Bunday yondaşuv sifatli va samarali mahsulot işlab çiqarayotgan korxonalarning bozordagi mavqeini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Deputat sifatida meni uçraşuvda hududlar sanoatini rivojlantiriş, yangi işlab çiqariş yönalişlarini taşkil etiş va mavjud salohiyatdan samarali foydalaniş masalalari ham alohida qiziqtirdi.

Toşkent viloyati sanoat infratuzilmasi, tadbirkorlik tajribasi va mehnat resurslari jihatidan katta imkoniyatlarga ega. Bu salohiyatni zamonaviy texnologiyalar bilan uyğunlaştiriş, investitsiya loyihalarini köpaytiriş va mahalliy korxonalar örtasida sanoat kooperatsiyasini kuçaytiriş orqali yanada yuqori natijalarga erişiş mumkin. Xususan, Nurafşon şahrida “Kelajak texnologiyalari markazi”ni taşkil etiş, hududlarda ilmiy tadqiqot va işlanmalar markazlarini yölga qöyiş, sanoat korxonalari bilan ilmiy muassasalar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş böyiça belgilangan vazifalar viloyatimiz uçun ham muhim ahamiyatga ega.
Ohangaron tumani misolida oladigan bölsak, bu yerdagi sanoat korxonalarining mavjud imkoniyatlaridan yanada samarali foydalaniş, işlab çiqarişni diversifikatsiya qiliş, yangi loyihalarni amalga oşiriş va mahsulotlar turini köpaytiriş hudud iqtisodiy salohiyatini oşirişga xizmat qiladi.
Bu borada mahalliy Kengaş deputatlarining ham öz örni bor. Tadbirkorlarning muammolarini örganiş, ularning takliflarini tegişli taşkilotlarga yetkaziş, investitsiya loyihalarini amalga oşirişga tösqinlik qilayotgan masalalarni hal etişda faol iştirok etiş – deputatlik faoliyatining muhim yönalişlaridan biri. Zero, hudud taraqqiyoti faqat qabul qilingan qarorlarga emas, balki ularning hayotda qanday natija berayotganiga ham boğliq.

Muloqotda muhandislik salohiyatini oşiriş, zamonaviy mutaxassislar tayyorlaş va ilmiy işlanmalarni işlab çiqarişga tatbiq etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratilgani ham bejiz emas.
Prezidentimiz tomonidan kelgusi yildan “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanişi, yoş mutaxassislarni Koreya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya va Yevropa mamlakatlarida malaka oşirişga yuboriş rejalaştirilayotgani sanoatimizning kelajagi uçun muhim qadamdir.
Menimça, bugun işlab çiqariş korxonalari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ham malakali kadrlar masalasidir. Çunki zamonaviy texnologiyalarni xarid qilişning özi kifoya emas. Ularni samarali boşqaradigan, yangi mahsulotlar yaratadigan, işlab çiqariş jarayonlarini takomillaştiradigan muhandis va mutaxassislar kerak.
Şu sababli taʼlim va işlab çiqariş integratsiyasini kuçaytiriş, dual taʼlimni kengaytiriş, yoşlarni muhandislik va texnik yönalişlarga qiziqtiriş, korxonalarning mutaxassis tayyorlaş jarayonidagi iştirokini oşirişga jiddiy eʼtibor qaratiş lozim.
Uçraşuvda keyingi uç yilda elektrotexnika va unga boğliq yangi sanoat yönalişlarida umumiy qiymati 11,6 milliard dollarlik 164 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgani maʼlum qilindi. Kabel sanoati, transformatorlar, nasoslar, sanoat robototexnikasi, uskunasozlik, mikroelektronika va maişiy texnika işlab çiqariş böyiça belgilangan rejalar mamlakatimiz sanoati uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Eng muhimi, bu rejalarning har biri muayyan hududlarda yangi işlab çiqariş quvvatlari, iş örinlari, zamonaviy texnologiyalar va mahalliy korxonalar örtasidagi hamkorlikni anglatadi. Şuning uçun ularning amaliy ijrosini taʼminlaşda barça manfaatdor tomonlar birdek masʼuliyatni his etişi zarur. Mening nazarimda, bugun mahalliy işlab çiqarişni rivojlantirişga faqat iqtisodiy masala sifatida qaraş töğri emas. Bu mamlakatning texnologik mustaqilligi, milliy brendlar nufuzi, yoşlar bandligi va aholi farovonligi bilan bevosita boğliq jarayondir.

Tadbirkorlar uçun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalaniş, yangi ğoya va taşabbuslarni ilgari suriş, sifatli mahsulot işlab çiqariş va eksport salohiyatini oşiriş – har birimizdan faollik talab etadi. Davlat tomonidan belgilanayotgan vazifalarning haqiqiy natijasi esa ularning korxonalar faoliyatida, hududlar iqtisodiy hayotida va odamlar turmuşida qanday özgarişlar yasaşi bilan ölçanadi.
Şu maʼnoda, Prezidentimiz bilan ötkazilgan muloqotni sanoat taraqqiyotidagi yangi imkoniyatlar bilan birga, tadbirkorlar va deputatlar zimmasiga yuklangan masʼuliyatning ham ifodasi deb bilaman.
S. Sainuriddinov,
Xalq deputatlari Toşkent viloyati Kengaşi deputati,
“Premier” korxonasi taʼsisçisi.
ÖzA