Ziyolilar – milliy yuksaliş tayançi
Farğona davlat universitetida “Yangi Özbekiston ziyolilari – milliy yuksaliş tayançi” şiori ostida viloyat ziyolilari iştirokida oçiq muloqot bölib ötdi. Unda Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, ilm-fan, taʼlim, tibbiyot, adabiyot, madaniyat va sanʼat, jurnalistika hamda boşqa sohalar vakillari, olimlar, ijodkorlar va jamoatçilik faollari iştirok etdi.
Muloqotda mamlakat taraqqiyotida ziyolilarning ilmiy, intellektual va ijodiy salohiyatidan samarali foydalaniş, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oşiriş, ilğor ğoya va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, yoş avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş, taʼlim sifatini oşiriş, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantiriş, madaniy merosni asrab-avaylaş hamda jamiyatda soğlom maʼnaviy muhitni mustahkamlaş yuzasidan fikr almaşildi.
Tadbir davomida viloyatdagi mavjud muammolar va ularning yeçimlari muhokama qilinib, turli sohalar rivojiga xizmat qiladigan amaliy taklif va taşabbuslar ilgari surildi. Ayniqsa, yoşlar örtasida vatanparvarlik tuyğusini mustahkamlaş, ilm-maʼrifat va kitobxonlikni keng tarğib etişda ziyolilarning örni va masʼuliyati alohida taʼkidlandi.
[gallery-32501]
Muloqot yakunida bildirilgan fikr-mulohazalar, taklif va taşabbuslar umumlaştirilib, Özbekiston ziyolilari kengaşining respublika yiğilişi muhokamasiga taqdim etiladi.
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA