Vatanga sadoqat va harbiy burç masʼuliyati
Şimoli-ğarbiy harbiy okrugda “Özbekiston armiyasi – keça va bugun” şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi. Unda Mudofaa vazirligining masʼul ofitserlari, harbiy okrug qömondonligi vakillari, Nukus harbiy prokurori, okrug Faxriylar kengaşi raisi, harbiy xizmatçilar va ularning oila aʼzolari iştirok etdi.
Tadbirda milliy armiyamizning şakllanişi va rivojlaniş bosqiçlari, mamlakatimiz Qurolli Kuçlarida amalga oşirilayotgan islohotlar hamda ularning natijalari haqida söz yuritildi. Xususan, armiyaning jangovar şayligini oşiriş, zamonaviy qurol-aslaha va texnologiyalarni joriy etiş, harbiy xizmatçilarning kasbiy mahorati va bilim-salohiyatini yuksaltiriş borasidagi işlarga eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, Vatanga sadoqat, harbiy burçga masʼuliyat bilan yondaşiş, ajdodlar jasoratiga munosib böliş va yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş masalalari xususida fikr almaşildi.
Muloqot davomida harbiy xizmatçilar oilalarida soğlom maʼnaviy muhitni mustahkamlaş, farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyatini oşiriş, milliy qadriyat va anʼanalarni asrab-avaylaş hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirişning ahamiyati taʼkidlandi.
[gallery-32479]
Tadbirda tinçlik va osoyiştalik qadriga yetiş, milliy armiyamiz bilan faxrlaniş, Vatan himoyasiga daxldorlik va kelajak avlod oldidagi masʼuliyatni çuqur his etiş har bir fuqaro, ayniqsa, harbiy xizmatçi uçun muhim ekani qayd etildi.
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), ÖzA