Har bir insonning soğlom va uzoq umr keçirişi — jamiyat baxti va faroğatidir
Bundan ön yil avval muhtaram Prezidentimiz Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev keng qamrovli islohotlar taşabbusini ilgari surganida, oldimizda bir qaraşda amalga oşişi qiyin tuyulgan dovonlar bor edi. Zero, bu özgarişlar tafakkurimiz va dunyoqaraşimizni, turmuş tarzimiz hamda kelajak haqidagi tasavvurlarimizni yangilaşni taqozo etardi.
Tarixning murakkab sinovlaridan mardona ötgan xalqimiz Yangi Özbekistonni barpo etiş yölida qatʼiy işonç va puxta rejalar bilan olğa bormoqda. Ötgan davr şuni körsatdiki, insonga eʼtibor qaratilib, taşabbuslari qöllab-quvvatlansa, uning bunyodkorlik salohiyati biz tasavvur qilganimizdan ham kengroq namoyon bölar ekan.
Bugungi yutuqlar kelgusi marralar uçun mustahkam zamin yaratdi. Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqida kelgusi ön yillikni «milliy yuksaliş davri» deb eʼtirof etdi. Uşbu nutqda ilgari surilgan yetti milliy dastur esa mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyot yönalişlarini belgilab beradi.

Ayni jarayonda bilim va tafakkurni asosiy kapitalga aylantiriş, soğlom hamda uzoq umr köradigan avlod, yuqori texnologiyali va raqabatbardoş iqtisodiyot, suv hamda ekologik barqarorlik, qonun ustuvorligi, mahallalarni jamiyat taraqqiyotining faol böğiniga aylantiriş Özbekistonning tinçlikparvar hamda oçiq davlat sifatidagi xalqaro nufuzini mustahkamlaşga qaratilgan hayotbaxş dasturlar bir-birini izçil ravişda töldiradi. Bu boradagi zamonaviy yondaşuvlar mazmun-mohiyatida “inson manfaatlari”, “inson qadri” singari ezgu tamoyillar mujassam ekanligi yanada ahamiyatlidir.
Islohotlar natijadorligi haqida gapirganda, soğliqni saqlaş sohasini alohida eʼtirof etişimiz lozim. Maʼruzada qayd etilganidek, aholi salomatligini muhofaza qilişga ajratilayotgan mablağ sönggi yillarda 8 karradan ziyod oşirildi. Sifatli tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyati markazda ham, hududlarda ham kengayib, jahon andozalari darajasidagi muhtaşam tibbiyot muassasalari bunyod etildi hamda xususiy sektorga keng imkoniyat berildi. Natijada yurtimizda tibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oşdi, ilgari xorijda bajarilgan 100 dan ortiq murakkab diagnostika va davolaş usullari yölga qöyildi.
Buning samarasi sifatida xalqimizning örtaça umr köriş davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoşdan 2025-yilda 75,4 yoşga yetdi, gödaklar va onalar ölimi 4 barobar kamaydi.
Tibbiyot haqida söz ketganda, «Kim edigu kim böldik?» degan savolga öz tajribamdan javob bergim keladi. Tuman hokimi bölib işlagan paytimda markaziy şifoxonaning eng zarur ehtiyojlari uçun ham mablağ topiş qiyin bölgan kunlarni yaxşi eslayman. Bemor yordamga muhtoj, ammo davolaş uçun zarur şaroit yöq edi, malakali vraçlar ham yetişmasdi. Dori darmon yöq, tez yordam maşinalari juda eskirgan, hatto yoqilği topiş ham muammo bölgan. Tez yordam çaqirilsa 40 minut -1 soat, uzoq joylarda 2 soat qolib ketardi.
Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev öz faoliyatini boşlaganida ilk yiğilişni soğliqni saqlaş masalalariga bağişlagani bejiz emas. Öşanda tibbiy xizmatning sifati va samaradorligini oşiriş, aholini sifatli dori-darmon bilan taʼminlaş, kasalliklarning oldini oliş va xalqimiz salomatligini mustahkamlaş islohotlarning ustuvor vazifalari etib belgilandi.

Mamlakatimizda 2026-yilda tibbiyot uçun ajratilgan mablağ 49 trillion sömga yetdi. Bu borada Farğona viloyatining öziga 4 trillion 19 milliard 445 million söm mablağ yönaltirildi (uşbu mablağ 10 yil avval 1 trillionga xam yetmas edi). Ilgari bir bemorga bir kunda sarflanadigan dori atigi 500 söm atrofida hisoblangan bölsa, bugungi kunda uşbu körsatkiç 30-50 ming sömgaça yetdi. Ön yil oldin dori vositalarini elektron tayinlaş tartibi mavjud bölmagan. Hozirda bu borada elektron tayinlaş yölga qöyilib, viloyatdagi 1 210 ta – 90 foiz dorixona mazkur xizmat bilan qamrab olingan.
Bu özgarişning odamlar uçun ahamiyatini yana bir misolda köriş mumkin. Ilgari faqat poytaxtda bajarilgan 400 dan ortiq turdagi yuqori texnologik amaliyot bugun viloyat va tumanlarda ham ötkazilmoqda. Qançadan-qança oilalar uçun bu uzoq yöl, ortiqça xarajat va davolaniş uçun ketadigan vaqtning qisqarişi demakdir.
Tez yordamdagi özgariş ham yaqqol közga taşlanadi. Hozirda kunda Farğona viloyatida 19 ta tez tibbiy yordam stansiyasi, 54 ta kiçik stansiya, 135 ta şaxobça, hammasi bölib 307 ta zamonaviy tez yordam brigadasi aholiga xizmat körsatmoqda. Tezkorlik va xizmat sifatini oşiriş maqsadida viloyatda yagona SALL markazi taşkil etildi. Oilaviy poliklinikalar qoşidagi şaxobçalar tez yordam körsatiş vaqtini 5 daqiqagaça qisqartirdi. Birgina Respublika tez tibbiy yordam markazi Farğona viloyati filiali avtoparkida 300 dan ortiq tez yordam avtomaşinalari xizmatga jalb etilgan. Mahallalarda esa oilaviy şifokorning kasallikni erta aniqlaş va oğir asoratlarning oldini olişdagi örni kuçaydi. Davlat tibbiy suğurtasi orqali kafolatlangan xizmatlar va dori vositalarining byudjet hisobidan oliş imkoniyati kengaymoqda.

Viloyat rahbari sifatida şaxsan men uçun uşbu islohotlarning eng muhim mezoni oddiy: inson öz tumanida kasalligiga qançalik tez aniq va sifatli taşxis qöydira olyapti? Zarur muolajani oliş uçun qança yöl bosişi kerak? Oğir ahvolda qolgan bemorga tez yordam öz vaqtida yetib boryaptimi? Şu maʼnoda, bugun barça masʼullar Farğonadagi har bir mahallada odamlar bu savollarga öz hayotidagi ijobiy özgarişlar bilan javob bera olişi uçun işlaşimiz şart va zarur.
Viloyatimizda keyingi yillarda aynan tibbiy xizmat sifatini oşiriş, kasalliklar profilaktikasi va soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, xususiy sektor va tibbiy turizmni faol qöllab-quvvatlaş hamda xalqaro hamkorlikni keng yölga qöyiş borasida erişilayotgan natijalar eʼtiborga molik. Ayni paytda viloyatda 1 370 ta tibbiyot muassasasi faoliyat körsatayotgani, şundan 998 tasi xususiy sektor hissasiga töğri kelişi sohadagi yangilanişlar jarayoni neçoğli jadal va ulkan ekanligini anglatadi.
Taʼkidlaş kerakki, mamlakatimiz tibbiyoti ilgarigi qoğozbozlik, byurokratiya, ovoragarçiliklardan xoli, zamonaviy raqamlaşgan tizimga aylanib ulgurdi, keng maʼnoda xalqqa yaqinlaşdi. Viloyatimizda birinçi böğinda sifatli va malakali xizmat körsatiş imkonini yaxşilaş maqsadida 147 ta oilaviy poliklinika, 160 ta oilaviy şifokor punkti faoliyat körsatmoqda. Öz navbatida şahar-tumanlar kesimida 46 ta şifoxona, 18 ta köp tarmoqli markaziy poliklinika hamda zamonaviy mezonlar asosida taşkil etilgan maslahat-diagnostika bölimi xalqimiz xizmatida. Taʼkidlaş örinliki, bu borada son emas, sifat, xavfsizlik tamoyillari ustuvor hisoblanadi.

Bu borada keyingi yillarda viloyat tibbiyot markazlari va filiallariga zamonaviy diagnostika (KT, MRT, raqamli rentgen, ultratovuş) jihozlari örnatilib, ilgari poytaxtda yoki xorijda bajarilgan murakkab kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, ortopedik hamda endovaskulyar jarrohlik amaliyotlari farğonalik şifokorlar tomonidan muvaffaqiyatli bajarilmoqda.
Birgina joriy yilning ötgan davrida viloyat miqyosida qariyb 14 ming nafar bemorda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari ötkazildi. Ayni yönalişda şahar-tumanlarda 25, viloyat darajasida esa 135 turdagi yuqori texnologik laparoskopik, torakoskopik va endovaskulyar jarrohlik amaliyotlari hamda davolaş usullari amaliyotga keng tatbiq etildi. Natijada bemorlarning poytaxtdagi ixtisoslaşgan markazlarga borişi 75 foiz hamda xorijdan najot izlaşi 40 foizga kamayişiga erişildi.

“Elektron soğliqni saqlaş” tizimi doirasida elektron retsept, mutaxassis qabuliga onlayn yoziliş va bemorlarning elektron tibbiy kartalarini yuritiş tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etilyapti. Ayni jarayonda Farğona viloyatida soğliqni saqlaş tizimini raqamlaştiriş, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmatlarning tezkorligi, şaffofligi va sifatini oşiriş maqsadida “DMED” yagona tibbiy axborot tizimi imkoniyatlaridan unumli foydalaniş yölga qöyilmoqda. Şu yilning 1-oktabr holatiga köra, viloyat böyiça 4 220 854 nafar aholining 4 million nafardan ziyodi “DMED” tizimiga biriktirilib, elektron tibbiy karta bilan qamrab olindi. Bu viloyatda istiqomat qilayotgan umumiy aholining qariyb 95 foizini taşkil etadi.

Zamonaviy yondaşuv elektron tibbiy karta orqali bemorning şifokorga murojaati, taşxis, laboratoriya va diagnostik tekşiruv natijasi, qabul qilingan davolaş çorasi, elektron retsept va yöllanmalar böyiça maʼlumotlarni yagona tizimda yuritiş imkonin beradi.
Öz navbatida davlat tibbiyot muassasalarida dori vositalarini elektron şaklda tayinlaş va bemorlarga retsept beriş jarayoni bosqiçma-bosqiç elektron körinişga ötkazilmoqda. Şu yilning ötgan davrida viloyatda elektron tizim orqali 140 mingga yaqin retsept rasmiylaştirilgan bölib, yangi tizim asosida xizmat körsatiş hajmi 99,8 foizni taşkil etdi. Hozirgi kunda xususiy tibbiyot muassasalari hamda dorixonalarni ham töliq elektron retsept tizimiga integratsiya qiliş işlari davom etmoqda.
Aholiga qulaylik yaratiş va tibbiyot muassasalaridagi navbatlarni qisqartiriş maqsadida bemorlarni şifokor va tor soha mutaxassislari qabuliga elektron tarzda yoziş hamda tibbiyot muassasalari örtasida elektron yöllanma beriş amaliyoti joriy etilayotir. 2026-yilning ötgan davrida viloyatda 124 mingta elektron yöllanma şakllantirildi va şu asosda xizmat körsatildi.
Umuman olganda, davr talabi asosida viloyatdagi barça tibbiyot muassasalarida elektron navbat, laboratoriya axborot tizimi (LIS), tibbiy tasvirlarni saqlaş va almaşiş (PACS), kassa, ombor va boşqa raqamli modullarni joriy etiş hamda ulardan samarali foydalaniş böyiça tizimli işlar olib borilyapti. Tizimdan töğri foydalaniş uçun şahar va tuman tibbiyot birlaşmalarida IT mutaxassislari faoliyati taşkil etildi. Şu bilan birga, tibbiyot muassasalarining kompyuter texnikasi, planşetlar, lokal tarmoq va yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlaniş darajasi yaxşilandi.

2025-yili Quva tumani soğliqni saqlaş tizimini yangiça taşkil etiş böyiça respublika miqyosidagi 15 ta tajriba-sinov hududidan biri sifatida tanlangani uşbu sohadagi islohotlarni sifat jihatdan yangi bosqiçga kötardi. Bu tajriba doirasida birlamçi tibbiy xizmatni qayta taşkil etiş, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxşilaş, laboratoriya xizmatlarini markazlaştiriş va sohaga raqamli yeçimlarni joriy etişga jiddiy eʼtibor qaratildi. Şu maqsadda respublika byudjetidan 285 milliard söm, bunga qöşimça ravişda mahalliy byudjetdan 10 milliard söm yönaltirildi.

Şu yilning boşida Respublika tez tibbiy yordam markazi Farğona viloyati filialida tez tibbiy yordam xodimlarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş öquv-simulyatsiya markazi oçilişi bu kabi izçil saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi deyiş mumkin. Loyiha Respublika tez tibbiy yordam markazi va Koreya xalqaro soğliqni saqlaş jamğarmasi — KOFIH hamkorligida amalga oşirilayotgan grant dasturi doirasida taşkil etildi. Dasturning maqsadi — Özbekistonda şifoxonagaça bölgan tez tibbiy yordam xizmati salohiyatini oşiriş.

Xorijda tajriba orttirgan yuqori malakali vatandoşlarimizni yurtimizga qaytariş borasidagi işlar öz samarasini bermoqda. Xususan, murakkab jarrohlik amaliyotlarini zamonaviy texnologiyalar asosida bajarişni puxta özlaştirgan 10 nafar yetakçi şifokor viloyatimizga qaytib, iş boşladi.
Ular bugun ana şunday murakkab operatsiyalarni Farğonaning özida ötkazib, yuzlab bemorlarning hayotini saqlab qolmoqda. Ayni paytda, xorijda orttirgan tajribasini hamkasblariga örgatib, viloyatimizda bunday amaliyotlarni bajara oladigan mutaxassislar safini kengaytirişga hissa qöşmoqda.
Ayni şu örinda viloyat soğliqni saqlaş tizimida yildan-yilga xalqaro hamkorlik kölami oşib borayotganini aytib ötiş örinlidir. Xususan, 2025-2026-yillarda Farğona viloyati hokimligi delegatsiyasining xorijiy safarlari, viloyat hokimligidagi qabullar jarayonida xalqaro tibbiyot muassasalari, investitsiya kompaniyalari hamda farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikning yangi yönalişlari şakllantirildi.
Istiqbolli hamkorlik kölami xorijdan mutaxassis taklif qiliş yoki şifokorlarni malaka oşirişga yuboriş bilan çeklanib qolmaydi. Bu borada zamonaviy köp tarmoqli şifoxona quriş, xususiy klinikalar taşkil etiş, laboratoriya-diagnostika xizmatlarini rivojlantiriş, gemodializ markazlari oçiş, dori vositalari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş hamda tibbiy taʼlimni xalqaro tajriba asosida takomillaştiriş kabi yönalişlar qamrab olingan.

Farğona şahrida Saudiya Arabistonining “Vision Invest” kompaniyasi bilan hamkorlikda 800 örinli DXŞ asosida zamonaviy köp tarmoqli şifoxona quriş investitsiya loyihasi amalga oşirilmoqda. Mazkur şifo maskanida kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, organ transplantatsiyasi kabi yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni yölga qöyiş közda tutilgan. Loyiha doirasida beşta ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazi filiallarini yagona majmuaga birlaştiriş ham rejalaştirilgan. Şuningdek, şifoxona negizida tibbiy taʼlim, ilm-fan va amaliyotni birlaştiruvçi “Fergana Plus” klasterini taşkil etiş taşabbusi ham ilgari surildi.
Farğona tibbiyotida yaqin istiqbolga möljallangan hamkorlik aloqalarida Saudiya Arabistonidan taşqari Janubiy Koreya, Germaniya, Quvayt, Malayziya, Belarus, Yaponiya, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Kipr va AQŞ singari dunyoning önlab mamlakatlari bilan boğliq taşabbuslar borligi eʼtiborga sazovordir.

Tabiiyki, bu kabi zamonaviy qulayliklar muhayyo etilişi viloyatda tibbiyot turizmi rivojida muhim omil bölmoqda. Bugungi kunda viloyatning Beşariq, Quva, Farğona, Oltiariq, Söx tumanlari, Farğona va Quvasoy şaharlarida uşbu yönalişda katta imkoniyat hamda salohiyat mavjud.
Ota-bobolarimizdan meros “Kasallikni davolagandan köra, uning oldini olgan maʼqul”, degan purmaʼno ibora bugun ham öz mazmun-mohiyatini yöqotmagan. Bugun erta tongda, fayzli oqşomda ozoda va orasta köçalarda jismoniy barkamollik bilan maşğul bölgan, oilaviy sayr qilayotgan hamyurtlarni körganda havasingiz keladi. Ixtisoslaşgan maktablar, taʼlim muassasalari va mahallalardagi sport maydonlari hamişa soğlom turmuş tarzi işqibozlari bilan gavjum. Ayni yönalişda birgina joriy yilning ötgan davrida tegişli masʼul idoralar hamkorligida viloyat miqyosida 37 ming marotabadan ortiq tarğibot tadbirlari ötkazilgani hamda ularda qariyb 500 ming nafar hamyurtlarimiz qatnaşgani behad quvonarlidir.
Inson uçun eng katta boylik — salomatlik. Oilamiz bağrida xotirjam yaşaş, işlaş, farzandlarimiz kamolini köriş, orzu qilgan işlarimizni amalga oşiriş uçun, avvalo, soğliq kerak. Soğlom hayot, soğlom turmuş tarzi, jismonan va maʼnan barkamollik baxtli hamda farovon yaşaş, umruzoqlik omili ekanligi esa barçamizga yaxşi maʼlum. Bugun Farğona viloyatida amalga oşirilayotgan bu boradagi keng kölamli işlar ana şunday ezgu va xayrli orzular ijobatiga qaratilgan.
Bugun tibbiyotda hammasi özgardi, soha uçun katta mablağlar ajratilyapti. Bir paytlar poytaxtga borişni talab qilgan ayrim murakkab jarrohlik amaliyotlari Farğonaning özida bajarilmoqda. Buning ahamiyatini farzandini davolatiş uçun uzoq yölga çiqiş taşvişidan qutulgan ota-ona, öz vaqtida taşxis qöyilib, davolanişni boşlagan bemor yaxşi biladi. Tibbiyotdagi islohotlarning eng muhim natijasi ham şu — odamlarimiz zarur tibbiy yordamni öz vaqtida, öz yurtida olayotgani hamda uni özining hayotida yaqqol körayotgani.
Xulosa örnida aytganda, mamlakatimiz yetakçisining eng uluğ, eng aziz bayram – istiqlolimizning 35 yilligi bayram tantanalaridagi nutqi yakunida xalqimizga işonç bilan qilgan murojaati bugungi fikr-mulohazalarimizga munosib sönggi söz böladi:
—Biz bugun keçagidan kuçlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuçli bölamiz. Öttiz beş yillik mustaqil taraqqiyot yölimiz bizga bir haqiqatni örgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yölida birlaşib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bölmaydigan marraning özi yöq.
Biz yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va buyuk kelajagimizni birgalikda barpo etamiz!
Xayrullo BOZOROV,
Farğona viloyati hokimi,
Oliy Majlis Senati aʼzosi