Anʼanaviy jurnalistika heç qaçon ölmaydi
Bugungi kunda sunʼiy intellekt matn yozyapti, qidiruv tizimlari esa, ularni topişni örganmoqda, jurnalistika taʼlimi esa, texnologiyalar va kasb mahorati örtasidagi muvozanatni izlamoqda. Neyrotarmoqlar davrida jurnalistlarni tayyorlaş masalasi yuzasidan Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori, filologiya fanlari doktori Nozima Muratova bilan suhbatlaşdik.
Suhbat media taʼlimga bağişlangan tadbir doirasida bölib ötdi. Nozima Faxritdinovna öquv dasturlarining özgarib borayotgani, universitetga nima uçun media mahsulotlarini yaratişga möljallangan sunʼiy intellekt agentlarini örgatadigan laboratoriya kerakligi hamda anʼanaviy jurnalistika öz ahamiyatini yöqotmasligiga qatʼiy işonişini aytib berdi.
– Nozima Faxritdinovna, universiteti haqida sözlab bersangiz. Hozirgi kunda bu dargohda neçta talaba tahsil olmoqda?
– Universitetda jurnalistika, PR-menedjment, xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetlarida 19 ta yönalişi böyiça 7 mingdan ortiq talaba taʼlim olyapti.
– Bugungi kunda texnologiyalar jurnalistika sohasini butunlay özgartirmoqda. Sönggi yillarda taʼlim dasturida nimalar özgardi?
– Jurnalistika özgarmoqda, u bilan birga biz ham özgaryapmiz. Har yili öquv dasturlari yangilanmoqda. Biz dunyoning ilğor universitetlarida qaysi yangi fanlar öqitilib, ularda nimalarga köproq eʼtibor qaratilayotganini doimo örganib boramiz. Media sohasida sunʼiy intellektdan foydalaniş – bu alohida bir yönaliş.
Şuningdek, universitetimizda bir neça ilmiy laboratoriyalar faoliyati ham yölga qöyilgan. Joriy öquv yilida biz Z avlodi, alfa avlodi va ulardan keyingi avlodlarni örganişga möljallangan laboratoriya faoliyatini rivojlantirişni boşladik. Bunda asosiy eʼtibor ularning media isteʼmoli va media odatlariga qaratiladi. Şuningdek, universitet qoşida sunʼiy intellekt-media laboratoriyamiz ham bölib, bu yerda öqituvçi va talabalar sunʼiy intellekt agentlarini inson iştirokisiz media mahsulotlar yaratişga örgatadi.
– Köpçilik bugungi davr jurnalistlari axborot texnologiyalari va sunʼiy intellektni yaxşi özlaştirgan bölişi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda sizning fikringiz qanday?
– Anʼanaviy jurnalistikaning qadri heç qaçon yöqolmaydi. Voqea joyiga bevosita borib, axborot töplaydigan, uni tahlil qilib material tayyorlaydigan jurnalist voqelikni yoritişda asosiy tayanç bölib qolaveradi. Sunʼiy intellekt esa, bu maʼlumotlar bilan, ulkan axborot makoni bilan işlaydi, maʼlumotni tarqatiş va yetkaziş uçun kontent yaratadi. Şuni işonç bilan ayta olamanki, Anʼanaviy jurnalistikaning mavqei heç qaçon tuşib ketmaydi, sunʼiy intellekt zamonida bu yönaliş yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
– Sizningça, davlatlar sunʼiy intellektdan foydalanişni tartibga solişga kirişadigan vaqt kelmadimikan? Agar şunday bölsa, özi yozişni deyarli unutib qöygan jurnalistlar kasbiy doiradan taşqarida qolib ketadimi?
– Sunʼiy intellekt – bu muayyan mexanik va intellektual vazifalar uçun möljallangan vositadir. Qarorlar qabul qiliş, yaʼni yakuniy matn yoziş masalasi baribir inson qölida qoladi. Faqat jurnalistning taʼlim darajasi va savodiga qöyiladigan talablar özgarmoqda. Ilgari bizdan bexato yoziş va tiniş belgilarini töğri qöyiş talab etilgan bölsa, bugungi kunda malakali jurnalist – bu sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanişni biladigan mutaxassis ham demakdir.
– Biroq yirik qidiruv tizimlari hamda texnologik kompaniyalar sunʼiy intellekt yordamida yozilgan matnlarni aniqlab, garçi bu rasman eʼlon qilinmagan bölsa-da, ularning reytingini pasaytirmoqda.
– Menimça bu jarayonni töxtatib bölmaydi. Texnologiyalar rivojlangani sari xuddi dasturçi va boşqa mutaxassislar kabi jurnalistning ham sunʼiy intellekt davridagi örni şakllanib boradi. Bugun biz ana şu rolni belgilaş jarayonidamiz.
– Xalqaro hamkorlik yönalişida qanday yirik loyihalar amalga oşirilmoqda va bu jarayonda talabalarning iştiroki qanday?
– Juda köp xorijiy oliy öquv yurtlari bilan hamkorlik qilamiz. Yevropa, Polşa, Janubiy Koreya, Hindiston, Rossiyadagi universitetlar şular jumlasidandir. Qozoğistonlik hamkasblarimiz bilan ham yaxşi munosabatlar yölga qöyilgan. Bizning talabalarimiz akademik almaşinuv dasturlarida, öqituvçilarimiz xalqaro anjumanlarda iştirok etişmoqda. Bir söz bilan aytganda, hamkorligimiz kölami juda keng.
Roman BONDARÇUK,
ÖzA