Qönğir ayiqlar toğ qöynida qişki uyquga hozirlik körmoqda (+video)
Odatda ayiqlarning suratlarini körganmiz. Hayvonot boğlarida tomoşa qilganmiz. Biroq, bu jonivorning qişki uyqu davri yaqinlaşgaç, sovuq kunlarda sarflanadigan energiya zaxirasini töplaş uçun ozuqa izlab, harakatlanişini köpçiligimiz kuzatmaganmiz.
Surxondaryo viloyatidagi “Yuqori Töpalang” milliy tabiat boğida örnatilgan fotoqopqon Tyan-Şan qönğir ayiğining tabiiy yaşaş muhitida ozuqa izlab harakatlanayotganini tasvirga oldi. Unda mamlakatimiz faunasi noyob vakillaridan birining yurişi va hayot tarzi aks etgan.
Tyan-Şan qönğir ayiği tabiatan kamyob, mozaik tarqalgan kenja tur hisoblanadi.
Kuz faslida qişki uyqu davri yaqinlaşgaç, ayiqlar izğirinli faslda sarflanadigan energiya zaxirasini töplaş uçun faol oziqlanadi. Tyan-Şan qönğir ayiği Xalqaro tabiatni muhofaza qiliş ittifoqining Qizil röyxati va Özbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Mutaxassislarning aytişiça, mamlakatimizda qönğir ayiqlarni muhofaza qilib, köpaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayni paytda “Yuqori Töpalang” milliy tabiat boğida qirqdan ortiq qönğir ayiq yaşaydi.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri