Zamonaviy sharoit – sifatli ta’lim garovi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Pop tumanining olis hududlaridan biri – Chig‘anoq mahallasidagi 46-umumta’lim maktabi yangi o‘quv yilida zamonaviy qiyofada o‘quvchilarni kutib oldi.
Maktabni zamon talablari asosida yangilash va ta’lim sifati uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida Investitsiya dasturi doirasida 3 milliard 520 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
[gallery-31257]
Muassasani foydalanishga topshirish marosimida tuman hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev ishtirok etib, maktab jamoasi, o‘quvchilar va mahalla ahlini ushbu muhim voqea bilan samimiy tabrikladi. Mamlakatimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA