Yurtimizda “Bağrikenglik haftaligi” boşlandi
Yurtimizda 16-noyabr — Xalqaro bağrikenglik kuni munosabati bilan "Bağrikenglik haftaligi" ötkazilmoqda. Uşbu haftalik doirasida “Yangi Özbekiston” boğida Mustaqillik monumenti poyiga tantanali gulçambar qöyiş marosimi bölib ötdi.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi qaroriga muvofiq har yili 16-noyabr — Xalqaro bağrikenglik kuni sifatida nişonlanadi.
Özbekistonda uşbu sana munosabati bilan anʼanaviy ravişda “Bağrikenglik haftaligi” ötkaziladi. Joriy yilda ham 16-noyabrdan boşlab hafta davomida millatlararo totuvlik va dinlararo bağrikenglikni mustahkamlaş, turli millat vakillarining tili, madaniyati va anʼanalariga hurmatni yuksaltirişga qaratilgan ilmiy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy hamda madaniy tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Gulçambar qöyiş marosimida Özbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari böyiça qömitasi hamda Din işlari böyiça qömita rahbariyati va xodimlari, milliy madaniy markazlar va döstlik jamiyatlari faollari, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, yoşlar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
— Marosim iştirokçilari Prezident taşabbusi bilan bunyod etilgan Mustaqillik monumenti poyiga gulçambar qöyib, xalqimizning ozodlik yölidagi jasorati va yurt ravnaqi yölidagi bunyodkor mehnatiga ehtirom bildirdi, — deydi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari böyiça qömitasi matbuot xizmati rahbari Ozodbek Quvondiqov. — Keyingi tadbir jarayonlari doirasida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt köçatlari ekildi. Köçat ekiş tadbiri turli millat vakillarini atrof-muhitni asraş va yaşil hududlarni kengaytirişdek umumiy maqsad yölida birlaştirdi.
“Bağrikenglik haftaligi” doirasida ötkaziladigan tadbirlar turli millat va konfessiya vakillari örtasidagi muloqotni kengaytiriş, yoşlarni mamlakatimizdagi madaniy xilma-xillik bilan yaqindan taniştiriş hamda jamiyatda özaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlaşga qaratilgan.
[gallery-32550]
Nigora Rahmonova,
Farhod Abdurasulov (surat),
ÖzA