Qoraqalpoğistonda yöllar yangilanmoqda: Osiyo banklari iştirokida yirik loyihalar
Qoraqalpoğiston Respublikasida yöl infratuzilmasini modernizatsiya qiliş böyiça keng kölamli işlar boşlandi. Osiyo banklari va mahalliy mablağlar hisobiga yuzlab kilometr yöllar, köpriklar yangilanib, bu işlar hudud transport salohiyatini oşirişga qaratilgan.
Avtomobil yöllari qömitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasida avtomobil yöllari infratuzilmasini rivojlantiriş, umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini rekonstruksiya qiliş va taʼmirlaş, köprik hamda boşqa yöl-transport infratuzilmasi obʼektlarini modernizatsiya qiliş borasida qator işlar boşlab yuborilgan. Xususan, Osiyo taraqqiyot banki iştirokida A380 “Ğuzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yölining 581–673 kmlari oraliğidagi 92 km qismini rekonstruksiya qiliş loyihasi amalga oşirilmoqda. Mazkur avtomobil yöli Törtköl, Ellikqalʼa va Beruniy tumanlari hududidan ötadi. Loyihaning umumiy qiymati 233,1 million AQŞ dollarini taşkil etadi. Loyiha doirasida 25 ta köprik va 14 ta yöl ötkazgiç mavjud.

Hozirda obʼektda quriliş-montaj işlari boşlangan. Şuningdek, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki iştirokida Qoraqalpoğiston Respublikasidagi 328,1 km umumiy foydalanişdagi mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yöllarini töliq taʼmirlaş loyihasi belgilangan. Mazkur loyiha doirasida Amudaryo, Beruniy, Törtköl, Ellikqalʼa, Çimboy, Kegeyli, Nukus, Taxtaköpir, Qoraözak, Qanliköl, Şumanay, Qönğirot, Möynoq va Xöjayli tumanlaridagi avtomobil yöllarini taʼmirlaş işlari rejalaştirilgan.
Loyiha 4 ta lotga bölingan. Hozirgi kunda tender savdolari yakunlangan, pudratçi taşkilotlar aniqlangan va obʼektlarda quriliş-taʼmirlaş işlari boşlab yuborilgan. Loyihaning asosiy maqsadi mahalliy avtomobil yöllarining texnik holatini yaxşilaş, aholi punktlari örtasidagi transport aloqalarini rivojlantiriş hamda yöl harakati xavfsizligini oşirişdan iborat. Bundan taşqari, joriy yilda Qoraqalpoğiston Respublikasida 4 ta avtomobil yöli va yöl infratuzilmasi obʼektini rekonstruksiya qiliş uçun jami 110 milliard söm mablağ ajratilgan.
Bular A380 “Ğuzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yölining 698–723 km oraliğini rekonstruksiya qiliş, 4R176 “Nukus şahri – Çimboy şahri – Taxtaköpir” avtomobil yölining 5 km qismini rekonstruksiya qiliş, A380 “Ğuzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yölining 787 km qismida joylaşgan yöl ötkazgiçni rekonstruksiya qiliş hamda D231 “Qönğirot – Möynoq” avtomobil yölining 11,8 km qismidagi köprikni rekonstruksiya qiliş loyihalari bölib, uşbu obʼektlarda quriliş-montaj işlari olib borilmoqda.

4R174 “Nukus şahri – Xöjayli şahri” avtomobil yölining 0–11 km oraliğini rekonstruksiya qiliş obʼektida quriliş-montaj işlari töliq yakunlangan. Hozirgi kunda obʼektni foydalanişga qabul qiliş böyiça tegişli hujjatlarni rasmiylaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. Bundan taşqari, 2026-yilda Qönğirot tumanida avtomobil yöllarini taʼmirlaş va infratuzilmasini yaxşilaş işlari belgilangan. Mazkur dastur doirasida Qönğirot tumani uçun jami 30 milliard 553,4 million söm mablağ yönaltirilgan bölib, hisobot davriga qadar 29 milliard 270,2 million sömlik quriliş-taʼmirlaş işlari amalga oşirilgan.
Çimboy tumanida avtomobil yöllari infratuzilmasini yaxşilaş uçun jami 9 milliard 200 million söm mablağ yönaltirilgan bölib, obʼektlarda quriliş-taʼmirlaş işlari boşlab yuborilgan. Osiyo taraqqiyoti banki iştirokida A380 “Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yölining 673—698 km jami 25 km qismini sement-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilinmoqda. Umumiy qiymati 48,7 million AQŞ dollarini taşkil etadigan mazkur loyiha böyiça obʼektda quriliş işlari davom ettirilmoqda va obʼekt yil söngiga qadar foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan.
Qoraqalpoğiston Respublikasida oğir hududlar va oğir mahallalarni rivojlantiriş dasturlari doirasida umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini taʼmirlaş işlari amalga oşirilmoqda. Oğir hududlar dasturi doirasida Qanliköl, Şumanay, Möynoq va Bözatov tumanlarida jami 74 km avtomobil yöllarini taʼmirlaş uçun 91 milliard 342 million söm mablağ ajratilgan. Oğir mahallalar dasturi doirasida esa jami 20,3 km avtomobil yöllarini taʼmirlaş uçun zaruriy mablağ yönaltirilgan. Hozirgi kunda mazkur dasturlar doirasida belgilangan quriliş-taʼmirlaş işlari töliq yakunlangan.
Qoraqalpoğiston Respublikasida tabiiy ofat natijasida avtomobil yöllari va köprik inşootlariga yetkazilgan zararlarni bartaraf etiş maqsadida qabul qilingan alohida dastur doirasida ham keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, mazkur dastur doirasida jami 8 ta obʼekt, jumladan, 7 ta köprik inşooti va 1 ta avtomobil yölini tiklaş hamda taʼmirlaş belgilangan. Uşbu işlar uçun jami 17 milliard 838 million söm mablağ ajratilgan. Obʼektlarda belgilangan vazifalarni bajariş orqali transport harakatining uzluksizligini taʼminlaş, yöl va köprik inşootlarining texnik holatini tiklaş közda tutilgan. Hozirgi kunda mazkur dasturlar doirasida belgilangan quriliş-taʼmirlaş işlari töliq yakunlangan.

Avtomobil yöllarini saqlaş va qişki mavsumga tayyorgarlik köriş böyiça hisobot davrida umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini saqlaş, joriy taʼmirlaş, yöl qoplamalarida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etiş hamda kuz-qiş mavsumida yöllarda uzluksiz va xavfsiz harakatlanişni taʼminlaş işlari amalga oşirilmoqda. 2026-yilda “Taşabbusli byudjet” dasturining 1-mavsumi doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Avtomobil yöllari Boş boşqarmasi tizimidagi taşkilotlar tomonidan tender savdolarida 7 ta obʼekt ğoliblik asosida qölga kiritilgan. Mazkur obʼektlarda belgilangan işlar töliq yakunlanib, foydalanişga topşirilgan.

Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA