Elektr tarmoqlari dron yordamida nazorat qilinmoqda
Farğona viloyatida ilk bor yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlarining texnik holati maxsus dron yordamida körikdan ötkazilmoqda. Mazkur texnologiya elektr taʼminotini uzmagan holda tarmoqlarni tekşiriş imkonini bermoqda.
Dron yordamida elektr uzatiş tarmoqlaridagi nuqsonlar va ularning aniq joylaşuvi belgilanyapti. Bu ehtimoliy nosozliklarni erta aniqlaş, taʼmirlaş işlarini oldindan rejalaştiriş hamda ularni bartaraf etişga sarflanadigan vaqtni qisqartirişga xizmat qilmoqda.
Bunday usul tarmoqlarning texnik holatini tezkor baholaş va profilaktika işlarini samarali taşkil etişda muhim ahamiyatga ega. Nuqsonlarni öz vaqtida aniqlab, bartaraf etiş esa elektr taʼminotidagi uzilişlarning oldini oliş va isteʼmolçilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlaşga kömaklaşadi.
[gallery-32542]
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA