Davlat bayroği – mustaqilligimiz va birligimiz ramzi
18-noyabr – Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan sana. Jizzax şahrida Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan vatanparvarlik tadbiri ötkazildi. Unda harbiylar va yoşlar iştirokida “Vatanparvarlik karvoni” taşkil etildi. Tadbir doirasida milliy gvardiya çiqişlari va rasmlar tanlovi namoyiş etildi.
Jizzax şahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabda Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligiga bağişlangan vatanparvarlik tadbiri bölib ötdi. Jizzaxdagi tadbir ana şu maʼnaviy masʼuliyatni yoş avlod ongiga singdirişga qaratildi.
1991-yil 18-noyabr mamlakatimiz tarixida muhim sana sifatida muhrlangan. Aynan şu kuni Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisidagi qonun qabul qilingan. 407-XII-sonli uşbu hujjat milliy davlatçiligimizning muhim huquqiy asoslaridan biriga aylangan.
Qonunning 2-moddasida Davlat bayroği davlat suverenitetining ramzi ekani belgilangan. 3-modda esa uning xalqaro munosabatlardagi timsoliy maqomini mustahkamlagan. (Manba: Lex.uz).
Oradan 35 yil ötayotgan bölsa-da, bayroğimizning qadri va ahamiyati yanada teran anglanmoqda. U mustaqil taraqqiyot yölimiz, tinçligimiz va milliy birligimizning yorqin ifodasidir. Xalqaro maydonda bayroğimiz kötarilganda, har bir yurtdoşimiz qalbida iftixor tuyğusi jöş uradi.
“Davlatimiz bayroği – milliy ğurur va iftixor timsoli” şiori ostidagi anjuman yoş avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat tuyğusini yuksaltirişga xizmat qildi.
Tadbirda Özbekiston Yoşlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengaşi iştirok etdi. “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorlik qildi. Harbiy qism, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar va Bojxona boşqarmalari vakillari qatnaşdi. Maktabning “Vatan tayançi” harakati aʼzolari ham faol iştirok etdi.
[gallery-32546]
Dastur doirasida “Vatanparvarlik karvoni” va “Huquqiy tarbiya soati” taşkil etildi. Öquvçilarga Davlat bayroğining tarixi, ramziy maʼnosi va huquqiy maqomi tuşuntirildi. Yoşlar örtasidagi rasm çiziş tanlovida esa Vatanga muhabbat ijodiy işlar orqali ifodalandi. Ğoliblar diplom va badiiy kitoblar bilan taqdirlandi.
Harbiy orkestr ijrosidagi Davlat madhiyasi sadolari tadbirga özgaça şukuh bağişlab, iştirokçilarda milliy ramzlarimizga nisbatan çeksiz faxr tuyğusini uyğotdi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatçilarining qöl jangi çiqişlari ham namoyiş etildi. Harbiylarning mahorat va jismoniy tayyorgarligi yoşlarda katta taassurot qoldirdi. Körgazmada zamonaviy harbiy anjomlar va qutqaruv vositalari taqdim etildi. Masʼullar ularning vazifalari hamda xavfsizlik qoidalari haqida maʼlumot berdi.
Albatta, Davlat bayroğiga hurmat faqat bayram tadbirlarida namoyon bölmasligi kerak. Bu tuyğu kundalik hayotimizdagi masʼuliyat va fidoyilikda ham aks etişi zarur. Zero, Vatan ravnaqiga hissa qöşiş ham bayroğimizga sadoqat ifodasidir.
Mustaqilligimizning 35 yillik tarixiy ramzi bölgan Davlat bayroğimiz barçamizni yagona maqsad atrofida birlaştiradi. Uni ardoqlaş, qadrlaş va kelajak avlodga hurmat ruhida yetkaziş har birimizning burçimizdir.
A. Qayumov, J. Yorbekov (surat), ÖzA