Yonğin xavfsizligi talablarini buzganlik uçun javobgarlik çoralari kuçaytirildi
Davlatimiz rahbari 2026-yil 2-noyabrda “Yonğin xavfsizligi tizimi takomillaştirilayotganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi.
Qonun bilan qanday yangi meʼyorlar joriy etiladi? Yonğin xavfsizligi talablarini buzganlik uçun javobgarlik qançalik kuçaytirildi?
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burhonov bilan şu haqda suhbatlaşdik.
– Har qanday davlat uçun inson hayoti va soğliğini muhofaza qiliş, fuqarolarning tinç va xavfsiz yaşaşini taʼminlaş eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Bu borada yonğin xavfsizligi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, birgina yonğin oqibatida inson hayotiga zomin bölinişi, köp yillik mehnat bilan yaratilgan mol-mulk bir neça daqiqada kulga aylanişi, oilalar va tadbirkorlik subʼektlari oğir iqtisodiy yöqotişlarga duç kelişi mumkin.
Keyingi yillarda mamlakatimizda yonğinlar profilaktikasi samaradorligini oşiriş va yonğin xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillaştiriş yuzasidan keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Biroq körilayotgan çoralarga qaramasdan, yonğinlar bilan boğliq oğir oqibatli hodisalar hamon uçrab turibdi. Jumladan, 2025-yilda 11 ming 241 ta yonğin holati qayd etilgan bölib, oqibatda jismoniy va yuridik şaxslarga 249,2 milliard sömlik zarar yetkazilgan.
Afsuski, keyingi yillarda savdo majmualari, bozorlar, işlab çiqariş va xizmat körsatiş obʼektlarida yuz bergan yirik yonğinlar sohadagi ayrim muammolarni bartaraf etiş, yonğin xavfsizligi talablariga rioya etilişini kuçaytiriş hamda taʼsirçan huquqiy mexanizmlarni joriy etiş zarurligini körsatmoqda.
Buning tasdiğini sönggi vaqtlarda sodir bölgan bir qator yonğin hodisalari misolida ham köriş mumkin. Masalan, 2026-yil yanvar oyida Yaşnobod tumanidagi “Delux property” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli “Aviator” savdo majmuasining 800 m2-maydonida yonğin sodir bölişi oqibatida 1 nafar bola halok bölgan.
Eng açinarlisi, yonğinlar oqibatida 2025-yilda 129 nafar fuqaro turli darajada jarohat olgan bölsa, 82 nafar fuqaro vafot etgan. 2024-yilda yonğinlar oqibatida 136 nafar fuqaro jarohatlangan va 76 nafar fuqaro vafot etgan. Körinib turibdiki, vafot etganlar soni 8 foizga ortgan.
– Qonun qabul qilinişiga qanday ehtiyoj bor edi?
– Amaldagi qonunçilikda yonğin xavfsizligi sohasida kompleks huquqiy, taşkiliy va profilaktik çora-tadbirlar va mexanizmlar töliq yaratilmagani, ayrim huquqbuzarliklar uçun esa javobgarliklarning belgilanmagani uşbu sohadagi qonunçilikni tubdan takomillaştiriş zaruratini körsatdi.
Xususan, inson hayoti va soğliğiga zarar yetkazilganda tovon puli tölaş hamda fuqaroviy javobgarlikni suğurtalaş talabi belgilanmagan edi. Binolar fasadida (pardoz işlarida) yoniş xavfi yuqori quriliş materiallarining erkin işlatilişi yonğin xavfini oşirib kelgan.
Obʼektlarni tekşiriş va faoliyatni töxtatişga oid “yumşoq tartiblar” sohada nazorat samaradorligini pasaytirgan. Yonğinga qarşi texnik talablar qonun darajasida belgilanmagan edi.
Loyihalaş va quriliş taşkilotlariga, köp kvartirali uylarni boşqariş organlari hamda hokimliklarga yonğin xavfsizligini taʼminlaş böyiça aniq majburiyatlar yuklatilmagan edi. Yonğin xavfsizligi sohasidagi ayrim huquqbuzarliklar uçun taʼsirçan javobgarlik çoralarining mavjud emasligi hamda amaldagi sanksiyalarning huquqbuzarlikning ijtimoiy xavflilik darajasiga töliq mos kelmasligi mazkur sohada qonunçilikni yanada takomillaştiriş zarurligini körsatdi.
– Yangi qonun bilan qaysi qonun hujjatlariga özgartirişlar kiritildi?
– Qonun 8 ta moddadan iborat bölib, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarga, “Yonğin xavfsizligi töğrisida”gi va “Suğurta faoliyati töğrisida”gi qonunlariga yonğin xavfsizligi talablarini buzganlik uçun javobgarlik çoralarini belgilaş, yonğin auditi va yonğindan suğurta qiliş tizimi bilan boğliq bölgan qöşimça va özgartirişlar kiritildi.
Birinçidan, Jinoyat kodeksi şaharsozlik faoliyatida ruxsat beriş tartibiga qonunga xilof ravişda aralaşganlik uçun jinoiy javobgarlikni belgilovçi 229-7-modda bilan töldirildi.
Mazkur modda bilan obʼektlarni loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş va foydalanişga qabul qiliş jarayonlarida qaror qabul qiliş vakolatiga ega bölgan davlat organlari va mutaxassislarning qonuniy faoliyatiga noqonuniy aralaşiş holatlariga çek qöyiş maqsad qilingan.
Yaʼni, mansabdor şaxs öz xizmat mavqeidan foydalanib, qurilişga ruxsat beriş, xulosa tayyorlaş yoki obʼektni foydalanişga qabul qiliş jarayonlarida masʼul idoralar va mutaxassislarga bosim ötkazsa, ulardan qonun talablariga zid qaror qabul qilişni talab qilsa yoki ularning mustaqil faoliyatiga har qanday şaklda aralaşsa, bunday harakatlar uçun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Ikkinçidan, Jinoyat-protsessual kodeksida Jinoyat kodeksiga yangi kiritilayotgan 229-7-moddada nazarda tutilgan jinoyatga doir işlar böyiça dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovçilari tomonidan amalga oşirilişi belgilandi.
Uçinçidan, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda şaharsozlik faoliyatida ruxsat beriş tartibiga qonunga xilof ravişda aralaşganlik uçun, suyultirilgan uglevodorod gazini çakana realizatsiya qiliş tartibini buzganlik uçun, yonğindan majburiy suğurta qiliş böyiça majburiyatni bajarmaslik uçun, yonğin auditini ötkaziş tartibini buzganlik uçun maʼmuriy javobgarlik nazarda tutildi.
Bunda, yangi kiritilayotgan 99-1-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar haqidagi işlar jinoyat işlari böyiça sudlar tomonidan, 101-1-moddasida nazarda tutilgan, yaʼni suyultirilgan gazini isteʼmolçilarga avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalari tomonidan maişiy gaz ballonlarida beriş bilan boğliq maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi işlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan, 211-1 va 211-2-moddalarida nazarda tutilgan, yonğindan majburiy suğurta qiliş böyiça majburiyatni bajarmaganlik va yonğin auditini ötkaziş tartibini buzganlik uçun maʼmuriy huquqbuzarliklar haqidagi işlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari tomonidan körib çiqilişi belgilandi.
Törtinçidan, “Yonğin xavfsizligi töğrisida”gi qonunga ham qöşimça va özgartirişlar kiritildi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining yonğin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari kengaytirildi.
Yonğin xavfsizligini taʼminlaşda asosiy prinsiplar belgilandi hamda loyiha taşkilotlarining, köp kvartirali uylarni boşqariş organlarining yonğin xavfsizligini taʼminlaş sohasidagi huquq va majburiyatlari belgilandi.
Binolar va inşootlarning funksional yonğin xavfi böyiça tasniflari, ularning yonğin xavfsizligiga qöyiladigan minimal texnik talablar, funksional yonğin xavfi böyiça bino va inşootlarda yonğin xavfsizligining texnik talablari, hududlarni şaharsozlik jihatidan rejalaştirişda yonğin xavfsizligiga oid talablar qayd etildi.
Yonğin auditini ötkazişga doir talablar belgilanib, qonunçilik yonğin-qutqaruv garnizoni töğrisida yangi norma bilan töldirildi.
Bozorlarning, savdo komplekslarining va savdo-köngiloçar markazlarining mulkdorlari uçinçi şaxslar hayoti va (yoki) soğliğiga yonğin yuzaga kelişi natijasida zarar yetkazganlik uçun özining fuqarolik javobgarligi, şuningdek, uşbu obʼektlarni yonğindan majburiy suğurta qilişi belgilandi.
Şuningdek, yonğin xavfsizligi talablariga rioya qilinişini tekşiriş tartibi va muddatlari, yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş natijasida yetkazilgan zararning örnini qoplaş bilan boğliq talablar aniqlaştirildi.
Beşinçidan, “Suğurta faoliyati töğrisida”gi qonunga bozorlarning, savdo komplekslarining va savdo-köngiloçar markazlarining mulkdorlari uçinçi şaxslar hayoti va (yoki) soğliğiga yonğin yuzaga kelişi natijasida zarar yetkazganlik uçun özining fuqarolik javobgarligini, şuningdek uşbu obʼektlarni yonğindan majburiy suğurta qilişiga oid qöşimçalar kiritildi.
Qonun mamlakatimizda sodir bölişi mumkin bölgan yonğinlarning oldini oliş, yonğin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uçun huquqiy taʼsir körsatiş çoralarining yanada samarali qöllanilişini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Eslatib ötamiz, mazkur qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uç oy ötgaç, yaʼni 2027-yil 5-fevralda kuçga kiradi.
ÖzA muxbiri Norgul Abduraimova suhbatlaşdi.