Yoşlarning fikri, taşabbusi va kelajak rejalari rahbarlar eʼtiborida
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Özbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi raisining veterinariya va hayvonlar salomatligini himoya qiliş yönalişi böyiça örinbosari Furqat Djalilov iştirokida talaba-yoşlar bilan uçraşuv bölib ötdi.
Yoşlar bilan muloqot ularning orzu-maqsadlarini eşitiş, bilim va salohiyatini röyobga çiqarişga tösqinlik qilayotgan muammolarni aniqlaş, taşabbuslariga yöl oçiş demakdir. Bugun mamlakatimizda yoşlarning taʼlim olişi, kasb egallaşi, mehnat bozorida öz örnini topişi va jamiyat hayotida faol iştirok etişiga doir masalalar davlat siyosati darajasida qaralayotgani bunday muloqotlarning mazmun-mohiyatini yanada oşirmoqda.

Muloqotda yoşlarning taʼlim, kasbiy rivojlaniş, kelgusidagi faoliyati va sohada öz örnini topiş bilan boğliq qaraşlari tinglandi. Talabalar özlarini qiziqtirgan savollarni berib, taklif va taşabbuslarini bildirdilar. Rahbarlar bilan yuzma-yuz muloqotda ularning fikrlari, intilişlari va rejalariga alohida eʼtibor qaratildi.

F.Jalilov talabalar bilan suhbatda veterinariya va çorvaçilik sohalari uçun zarur bölgan zamonaviy bilimlarga ega, mustaqil fikrlaydigan va amaliy könikmalarni puxta özlaştirgan mutaxassislarni tayyorlaş masalasiga töxtaldi. Yoşlarning tanlagan kasbiga masʼuliyat bilan yondaşişi, öz ustida muntazam işlaşi, sohadagi yangiliklar va talablardan xabardor bölib borişi kelgusidagi faoliyatida muhim örin tutişi taʼkidlandi.

Uçraşuvdagi oçiq muloqotning ahamiyati şundaki, talabalar özlarini qiziqtirgan masalalarni bevosita rahbarlarga yetkaziş, fikrlarini erkin bayon qiliş va takliflarini muhokama etiş imkoniga ega böldilar. Bu esa yoşlar bilan işlaşda ularning fikrini eşitiş, ehtiyojlarini örganiş va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga asoslangan yondaşuvning amaliy körinişidir.
Yoşlar siyosatida belgilangan vazifalarning hayotdagi ifodasi, eng avvalo, yoşlarning imkoniyatlari, intilişlari va muammolariga munosabatda aks etadi. Rahbarlar va talaba-yoşlar örtasidagi bunday uçraşuvlar taʼlim muassasasida oçiq muloqot muhitini mustahkamlaş, yoşlarning faol pozitsiyasini şakllantiriş va ularning kelajak rejalariga doir masalalarni birgalikda muhokama qiliş uçun muhim ahamiyatga ega.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri