Bir bayroq ostida bir xalq, bir Vatan
Kuni keça Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan “Bayroğim – ğururim” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi.
Tantanali marosim madhiyamiz sadolari ostida bayroğimizni kötariş bilan boşlandi. Söngra milliy ramzimizning tarixi, mazmun-mohiyati va xalqimiz hayotidagi örniga bağişlangan videorolik namoyiş etildi.

Anjumanni ÖzDXA rektori, professor Şuhrat Töxtasimov kiriş sözi bilan oçib, iştirokçilarni 18-noyabr – Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği kuni bilan tabriklab, talabalarga ilm-fan va ijod yölida muvaffaqiyat tiladi.

Akademiyaning yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektori Nargiza Alimova boşçiligida taşkil etilgan mazkur yiğinda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bölim boşliği Mahfirat Zikirova, Toşkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Feruza Muhitdinova, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Mehmonali Salimov, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoir Axtam Karimov hamda “Nihol” davlat mukofoti sohibasi Adolat Ismoilova va talabalar iştirok etdi.

Tadbirda sözga çiqqanlar Davlat bayroği xalqimizning milliy özligi, mustaqilligi, şaʼni va ğururini ifoda etuvçi muqaddas ramz ekanini taʼkidlaşdi.
Ayniqsa, bayram dasturidan örin olgan kuy-qöşiqlar va akademiya talabalarining raqs çiqişlari tadbirga özgaça fayz bağişladi. Qolaversa, talaba-qizlar tomonidan mustaqil yaratilgan raqs kompozitsiyasi yoşlarning ijodiy salohiyati va taşabbuskorligini özgaça tarzda namoyon etdi.

Darhaqiqat, Davlat bayroği – Istiqlol timsoli, milliy iftixorimiz va yoruğ kelajagimiz ramzidir! Uni eʼzozlaş, qadrlaş va unga munosib böliş har birimizning şarafli burçimizdir.
Iroda Ahmadova,
ÖzDXA “Sanʼatşunoslik” taʼlim yönalişi 2-bosqiç talabasi