Bolalar farovonligi: Özbekistonning keng qamrovli yondaşuvi
Özbekistonda bolalarning huquqlari, orzulari va xavfsiz kelajagi uçun masʼuliyat nafaqat ğamxörlik, balki davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylanmoqda. Bu borada keng qamrovli çoralar joriy etilmoqda.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, Özbekistonda har yili qariyb 900 ming nafar bola dunyoga keladi. Ularning har biri uçun yaratilayotgan şaroit mamlakatning kelgusi taraqqiyoti bilan bevosita boğliq. Bolalarning soğlom voyaga yetişi, bilim olişi va qobiliyatlarini rivojlantirişi oilaning ham, davlat va jamiyatning ham doimiy eʼtiborini talab etadi.
Bolalarning taʼlim olişi va jamiyat hayotida faol iştirok etişi uçun şaroitlar kengaytirilmoqda. Jumladan, inklyuziv taʼlim doirasida 7 ming 300 ta inklyuziv sinf taşkil etilgan bölib, ularda 10 ming nafar bola tahsil olmoqda. Şuningdek, 1 ming 700 ta maktabda tösiqsiz muhit yaratilgan. Bunday şaroit nogironligi bölgan bolalarning tengdoşlari bilan birga taʼlim olişi, muloqot qilişi va öz qobiliyatlarini rivojlantirişi uçun muhim. Ayniqsa, bolalarning rivojlanişidagi qiyinçiliklarni erta aniqlaş, zarur könikmalarni şakllantiriş va ularning ijtimoiylaşuviga kömaklaşiş ustuvor yönalişlardan hisoblanadi. 2026-yilda 1 500 nafar bola erta aralaşuv, 6 500 nafari kunduzgi parvariş, 2 000 nafari esa “Yangi kun” ijtimoiylaşuv xizmatidan foydalandi. Erta aralaşuv bolaning rivojlanişidagi qiyinçiliklarni dastlabki bosqiçlarda aniqlaş va unga öz vaqtida yordam körsatiş imkonini beradi. Kunduzgi parvariş va ijtimoiylaşuv xizmatlari esa bolalarning zarur hayotiy könikmalarni egallaşi, tengdoşlari bilan muloqot qilişi hamda jamiyat hayotida faolroq iştirok etişiga kömaklaşadi. Bu xizmatlarning kengayişi ota-onalarga ham farzandining rivojlanişi va parvarişida qöşimça kömak oliş imkonini yaratmoqda.
Har bir bola mehr, eʼtibor va ğamxörlik hukm suradigan oilaviy muhitda ulğayişga haqli. Ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar uçun bunday şaroitni yaratiş ijtimoiy himoya tizimining muhim vazifalaridan biridir. 2026-yilda 16 ta kiçik oilaviy bolalar uyi taşkil etildi. «Mehrli oila» dasturi orqali 2 ming 400 nafar bola qamrab olindi. Şuningdek, “Yoşlarga hamrohlik” dasturi doirasida internat muassasalari bitiruvçilari bölgan 4 ming 300 nafar yoşni qöllab-quvvatlaş işlari olib borildi. Bu yönalişdagi işlar bolalarning oilaviy muhitda tarbiyalanişi bilan bir qatorda, ularning taʼlim olişi, kasbiy va hayotiy könikmalarni egallaşi, mustaqil hayotga moslaşişiga kömaklaşişni ham nazarda tutadi.
Şuningdek, bolalarning xavfsizligi ularning soğlom rivojlanişi uçun zarur şartlardan biri. Oilada, taʼlim muassasasida yoki boşqa muhitda sodir etilgan zöravonlik bolaning ruhiy holati, soğliği va kelajakdagi hayotiga jiddiy taʼsir körsatişi mumkin. Şu sababli bolalarga nisbatan zöravonlikning oldini oliş, xavf ostidagi bolalarni erta aniqlaş, jabrlanganlarga öz vaqtida ijtimoiy, psixologik va huquqiy yordam körsatiş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
2025-yil 15-maydan “Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş töğrisida”gi qonun kuçga kirdi. Prezidentning 2025-yil 24-dekabrdagi tegişli farmoni bilan 2026–2030-yillarga möljallangan Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş strategiyasi tasdiqlandi. Mazkur hujjatlar zöravonlik holatlarining oldini oliş, ularni aniqlaş, jabrlangan bolalarning huquqlarini himoya qiliş hamda tegişli taşkilotlarning hamkorligini kuçaytiriş uçun huquqiy asos bölib xizmat qilmoqda. Özbekiston bolalarga nisbatan zöravonlikka barham berişga qaratilgan “Bogota harakatga çaqiriği” taşabbusini qöllab-quvvatladi. Hududlarda bolalarga yordam körsatişga qaratilgan 21 ta markaz taşkil etildi. Ularning xizmatlaridan 212 nafar bola foydalandi. Yil yakuniga qadar yana 7 ta markaz oçilişi rejalaştirilgan. Mazkur markazlar zöravonlikdan jabrlangan va himoyaga muhtoj bolalarga zarur yordam körsatiş, ularning xavfsizligini taʼminlaş hamda keyingi hayotiga moslaşişiga kömaklaşişga xizmat qiladi.
Bolalar bilan işlaşda ularning yoşi, ruhiy holati va manfaatlarini hisobga oliş alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, zöravonlikdan jabrlangan bolaning boşidan keçirgan voqealarini qayta-qayta bayon qilişiga töğri kelişi unga qöşimça ruhiy zarar yetkazişi mumkin. Şu jihatdan Samarqand şahrida xalqaro “Barnahus” modeli asosida taşkil etilgan “Najot” bolalar markazi muhim ahamiyat kasb etadi. Markaz bolalar bilan boğliq tergov va boşqa protsessual harakatlarni ularga moslaştirilgan şaroitda ötkaziş, tegişli mutaxassislarning hamkorligini taʼminlaş hamda jabrlangan bolalar manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan. Bunday yondaşuvda bolaning xavfsizligi va manfaatlari ustuvor bölib, unga yordam körsatiş jarayonida takroriy ruhiy jarohatlaniş xavfini kamaytirişga eʼtibor qaratiladi.
Bolalarni qöllab-quvvatlaş faqat muayyan xizmat yoki yordam körsatiş bilan çeklanmaydi. Ularning fikrini eşitiş, imkoniyatlarini eʼtirof etiş, kamsitiliş va zöravonlikdan himoya qiliş ham kundalik hayotimizning ajralmas qismi bölişi kerak. Nogironligi bölgan bolaning tengdoşlari bilan birga taʼlim olişi, ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolaning oila mehrini his qilişi, zöravonlikdan jabrlangan bolaning xavfsiz muhitga qaytişi — bularning har biri inson hayotiga bevosita taʼsir körsatadigan özgarişlar. Har bir bola soğlom ulğayişi, öz qobiliyatini rivojlantirişi, fikrini erkin bildirişi va xavfsiz hayot keçirişi uçun imkoniyatga ega bölişi lozim. Bolalarning bugungi farovonligi uçun qilinayotgan işlar ularning ertangi mustaqil hayoti va jamiyatimiz kelajagi uçun mustahkam asos yaratadi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA