Özbekiston – Keniya: taʼlimdagi hamkorlik
Taʼlim hamişa takomillaşuvni talab qiladigan tizim. Bunda xalqaro tajribalarni qöllaşning ahamiyati katta. Farğonadagi Central Asian Medical University bu borada yirik va keng kölamli loyihalarni amalga oşirmoqda. Hozirda Amerika, Yevropa va Osiyodagi TOP universitetlar bilan rejali – amaliy hamkorlik mavjud. Endi bu tibbiyot oliy öquv yurti Afrika qitʼasining yetakçi turdoş universitetlari bilan qöşma loyihalar tuzmoqda.
Keniya Respublikasining Kisii universiteti bilan stomatologik jarrohlik böyiça qöşma taʼlim dasturini yölga qöyiş ustida iş olib borilmoqda. Ayni paytda CAMU delegatsiyasi Keniyada bölib turibdi.

Kisii universiteti rektori, professor Neytan Ogeçining maʼlum qilişiça, hamkorlik doirasida stomatologiya böyiça mutaxassislar tayyorlaş uçun zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlaş va taʼlim dasturini amalga oşirişga kömaklaşuvçi texnik mutaxassislarni jalb etiş közda tutilgan. CAMU bu yerda stomatologiya fakultetini oçib, Farğona tajribasini joriy etadi.

Kisii universitetining sakkizta akademik maktabida 20 mingdan ziyod talaba tahsil oladi. Oliy taʼlim muassasasida tibbiyot, huquq, pedagogika, axborot texnologiyalari, qişloq xöjaligi, biznes va iqtisodiyot sohalari böyiça mutaxassislar tayyorlanadi.
Tibbiyot sohasida davolaş işi va jarrohlik, farmatsiya, hamşiralik işi hamda jamoat salomatligi böyiça taʼlim dasturlari mavjud.
Muhammadjon Obidov, ÖzA