Pedagogik mahorat markazlarining Respublika forumi ötkazildi
Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida mamlakatning turli hududlaridan kelgan pedagogik mahorat markazlari rahbarlarini bir maydonda jamlagan Respublika forumi bölib ötdi. «Pedagogik mahorat markazi: kursdan — kasbiy rivojlaniş ekotizimiga» mavzusida taşkil etilgan tadbirda pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanişini taʼminlaş, markazlar faoliyatini takomillaştiriş va zamonaviy taʼlim yondaşuvlarini keng joriy etiş masalalari muhokama qilindi.
Forumda Andijon, Namangan, Jizzax, Xorazm, Samarqand va Toşkent viloyatlari pedagogik mahorat markazlari rahbarlari iştirok etişdi.
Tadbir avvalida iştirokçilar «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida markaz hududiga daraxt köçatlari ekişdi. Bu taşabbus ekologik madaniyatni yuksaltiriş, atrof-muhitni asraş va obodonlaştiriş işlariga hissa qöşişga qaratildi.
Şundan söng mehmonlar markazning yangi binosida yaratilgan şaroitlar bilan tanişdilar. Ekskursiya davomida muzey, maktabgaça taʼlim laboratoriyalari, situatsion öquv xonasi, STEAM laboratoriyasi, test markazi, EduStream videostudiyasi, metodik xizmat bölimi, sport zali, kutubxona, axborot-resurs markazi va zamonaviy öquv xonalari közdan keçirildi.
Uşbu infratuzilma pedagoglarning nazariy bilimlarini mustahkamlaş, amaliy könikmalarini rivojlantiriş, innovatsion taʼlim texnologiyalarini özlaştiriş va kasbiy izlanişlarini qöllab-quvvatlaş uçun yaratilgan imkoniyatlardan dalolat beradi.
Forumni Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Gulasal Berdaliyeva kiriş sözi bilan oçib, hududiy markazda amalga oşirilayotgan işlar, erişilgan natijalar, mavjud imkoniyatlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berdi. U pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanişini taʼminlaş, ularning zamonaviy bilim va könikmalarini muntazam takomillaştirib borişda markazlar faoliyati muhim örin tutişini taʼkidladi.
[gallery-32625]
Tadbir davomida markaz faoliyatiga bağişlangan videorolik namoyiş etildi. Unda muassasaning şakllaniş tarixi, bugungi faoliyati, zamonaviy infratuzilmasi va rivojlaniş yönalişlari aks ettirildi.
Markaz direktori örinbosari H. Otaboyev «Mahorat markazlarida raqamlaştiriş jarayonlari va uning ahamiyati» mavzusida taqdimot ötkazdi. Unda taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etiş, zamonaviy platformalar imkoniyatlaridan foydalaniş va kasbiy rivojlaniş jarayonlarini takomillaştiriş masalalari yoritildi.
Respublika forumining muhim jihatlaridan biri hududiy markazlar rahbarlari örtasidagi tajriba almaşinuvi böldi. Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Ijod Ahmedov hamda Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirovlar sözga çiqişib, forumning ahamiyati, muhokama etilayotgan masalalarning dolzarbligi va Sirdaryo markazida yaratilgan şaroitlar haqida öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Iştirokçilar markazlar örtasida hamkorlikni mustahkamlaş, samarali iş tajribalarini örganiş, ilğor metodik işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş va ommalaştiriş muhimligini qayd etdilar.
Forum doirasida «Umumiy örta va maktabgaça taʼlim xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantiriş tizimi» mavzusida ham atrofliça fikr almaşildi. Muhokamalarda pedagoglarning kasbiy ehtiyojlarini aniqlaş, individual rivojlaniş yönalişlarini belgilaş, zamonaviy pedagogik yondaşuvlarni taʼlim amaliyotiga joriy etiş va metodik xizmat samaradorligini oşiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Eng muhimi, Sirdaryoda ötkazilgan Respublika forumi pedagogik mahorat markazlari faoliyatini yangi mazmun bilan boyitiş, hududlar örtasida tajriba almaşiş va pedagoglarning kasbiy rivojlanişiga qaratilgan zamonaviy yondaşuvlarni keng joriy etiş yölidagi muhim muloqot maydoni böldi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat)? ÖzA