“Yoş kitobxon oila” ğoliblari aniqlandi
Navoiy şahridagi 22-maktabda yoş oilalar örtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, har bir oila aʼzosini kitob mutolaasiga keng jalb etiş, özaro mehr-oqibat, odob-axloq fazilatlarini rivojlantiriş maqsadida “Yoş kitobxon oila” tanlovining şahar bosqiçi bölib ötdi.
Unda @kitobxonoila_bot Telegram-boti orqali röyxatdan ötgan yoş oilalar iştirok etib, 25 ta test savoliga javob berişdi.

Murosasiz keçgan kitobxonlik bahsida 3-örinni Yusupovlar oilasi, 2-örinni Tursunovlar oilasi qölga kiritişgan bölsa, Ismoilovlar oilasi 1-örinni egallab, tanlovning viloyat bosqiçiga yöllanma oldi.
Ğolib va sovrindor oilalar diplom va kitoblar töplami bilan taqdirlandi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri