Toşkentda “Birodar şaharlar yoşlari bağrikenglik festivali” bölib ötdi
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasida Birodar şaharlar alyansi taşabbusi hamda Qömita hamkorligida “Birodar şaharlar yoşlari bağrikenglik festivali” bölib ötdi.
16-noyabr - Xalqaro bağrikenglik kuniga bağişlangan festivalda Özbekiston oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar öz mamlakatlarining boy madaniy merosi, milliy urf-odatlari, anʼanalari va sanʼatini namoyiş etuvçi rang-barang badiiy çiqişlar bilan iştirok etdi.
Jumladan, milliy kuy-qöşiqlar, raqslar va sahna körinişlari orqali öz xalqlarining öziga xos madaniyati hamda qadriyatlarini tomoşabinlarga taqdim etdi. Tadbir turli millat va elat vakillari bölgan yoşlarni yagona döstlik va hamjihatlik maydonida birlaştirib, xalqlar madaniyatiga hurmat bilan munosabatda böliş, millatlararo totuvlik va özaro anglaşuv muhitini mustahkamlaşning yorqin namunasiga aylandi. Har bir çiqiş turli xalqlarning madaniy öziga xosligini namoyon etiş bilan birga, ularni birlaştiruvçi ezgu qadriyatlar – tinçlik, döstlik, mehr-oqibat va bağrikenglik ğoyalarini ham ifoda etdi.

Anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan mazkur festivalning asosiy maqsadi Özbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalar örtasida döstona munosabatlarni rivojlantiriş, turli mamlakatlar yoşlari orasida madaniy muloqot va özaro tajriba almaşiş imkoniyatlarini kengaytirişdan iborat.

Alohida taʼkidlaş joizki, bunday madaniy-maʼrifiy tadbirlar xalq diplomatiyasining muhim yönalişlaridan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, bugun Özbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalar nafaqat taʼlim jarayonining iştirokçilari, balki mamlakatimiz va öz yurtlari örtasidagi döstlik köpriklarini mustahkamlovçi, madaniyatlararo muloqotni rivojlantiruvçi yoş elçilar ham. Ularning özaro muloqoti, bir-birining urf-odat va qadriyatlariga hurmat bilan yondaşuvi kelgusida xalqaro hamkorlikning yangi aloqalariga zamin yaratadi.
Nigora Rahmonova,
ÖzA