Bayroğimiz – milliy ğurur va iftixorimiz timsoli
Namangan şahridagi 31-umumtaʼlim maktabida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan “Bayroğimiz – faxrimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi. Unda viloyat taʼlim va ilm-fan boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçi Xayrullo Abdurahmonov, öqituvçi va öquvçilar, keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Tadbirda davlat bayroğining xalqimiz hayotida tutgan örni, uning mustaqilligimiz, milliy birligimiz va yurtga sadoqat timsoli ekani alohida taʼkidlandi.
X. Abdurahmonov öz sözida davlat bayroği xalqimizning milliy ğururi, mustaqil davlatçiligimiz va yurtimiz şaʼnini ifoda etuvçi muqaddas ramz ekaniga eʼtibor qaratdi.
Öquvçilar tomonidan Vatan va davlat bayroğini madh etuvçi şeʼrlar öqilib, milliy qöşiq va kuylar ijro etildi.
[gallery-32500]
Mazkur tadbir yoş avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar va davlat ramzlariga hurmat tuyğularini yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA