“Biz donormiz” aksiyasi ötkazildi
Har yili “Yuksaliş” harakati tomonidan “Biz donormiz” aksiyasi ötkazilib kelinmoqda.
Navoiy viloyatida ham donorlikni ommaviy harakatga aylantiriş, muhtoj kişilarga beğaraz qon töplaşga kömaklaşişni maqsad qilgan uşbu aksiya Navoiy viloyatida ham yuqori saviyada taşkil etildi
Aksiyada viloyat içki işlar, favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, Milliy gvardiya, harbiy qism harbiy xizmatçilari va mahallalardan köngillilar iştirok etdi.

– Aksiya Navoiyda uç kun davom etdi, – deydi “Yuksaliş” harakatining Navoiy viloyati hududiy bölinmasi boş mutaxassisi Ilhom Sattorov. – Aksiya bundan uç yil avval boşlangan edi. Dastlabki yili bölib ötgan aksiyada iştirok etuvçilar 20-25 nafarni taşkil etgan bölsa, bu galgi aksiyaga qariyb 100 nafarga yaqin köngillilar iştirok etiş istagini bildirdi. Bu ham jamiyatimizda odamlarga yaxşilik qiliş, beminnat yordam qölini çözişga bölgan xohiş kuçayib borayotganini bildiradi. Maqsadimiz ham mana şunday oliyjanob kişilar safini köpaytirişdan iboratdir.
Albatta, uşbu donorlik aksiyasi aholi orasida beğaraz donorlik madaniyatini şakllantiriş, donorlik harakatini keng jamoatçilik iştirokida rivojlantirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri