Yangi vazifalar belgilab olindi
Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Buxoro viloyat taşkilotining konferensiyasi bölib ötdi.
Anjumanda partiyaning hisobot davridagi faoliyati sarhisob qilinib, amalga oşirilgan işlar, erişilgan natijalar, deputatlik korpusi faoliyati hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar atrofliça muhokama etildi.
Taʼkidlanganidek, davlat rahbari taşabbusi bilan mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, ayniqsa, tadbirkorlikni rivojlantiriş, xususiy mulk daxlsizligini taʼminlaş, aholi bandligini oşiriş va fuqarolar manfaatlarini himoya qilişda siyosiy partiyalar hamda deputatlik korpusi zimmasiga ham muhim masʼuliyat yuklamoqda. Bu esa partiya faoliyatini faqat taşkiliy tadbirlar bilan emas, balki aholi hayotidagi amaliy natijalar bilan baholaşni taqozo etadi.
Konferensiyada keltirilgan maʼlumotlarga köra, 2024-yildagi parlament va mahalliy Kengaşlar saylovlarida ÖzLiDeP Buxoro viloyatida parlamentdagi 3 ta, xalq deputatlari viloyat Kengaşida 16 ta, tuman va şahar Kengaşlarida esa 93 ta deputatlik örnini qölga kiritgan.
Hisobot davrida deputatlar tomonidan 1083 ta deputatlik sörovi yuborilib, ular orqali 950 ga yaqin muammoning yeçimiga erişildi. Şuningdek, 192 ta sayyor qabul taşkil etilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi va 296 ta murojaat ijobiy hal etildi. Ayniqsa, “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida viloyatning barça tuman va şaharlarida ötkazilgan sayyor qabullar aholi bilan bevosita muloqotni kuçaytirişda muhim ahamiyat kasb etdi. Uşbu tadbirlarda 2430 nafar fuqaro qamrab olinib, 815 ga yaqin muammo aniqlandi. Ularning 611 tasi joyida hal etildi. Bu raqamlar deputatlik faoliyatida aholi murojaatlariga eʼtibor qaratilayotganini körsatadi. Ayni paytda, har bir murojaatning öz vaqtida va töliq hal etilişi, qolgan masalalarning ijrosi ustidan taʼsirçan deputatlik nazoratini taʼminlaş partiya oldidagi muhim vazifalardan biri bölib qolmoqda.
[gallery-32726]
Partiyaning tayanç böğini hisoblangan boşlanğiç partiya taşkilotlari faoliyatini rivojlantiriş ham hisobot davridagi ustuvor yönalişlardan biri böldi. Natijada viloyatdagi boşlanğiç partiya taşkilotlari soni 900 tadan 1007 taga yetdi. Bu 107 ta yangi taşkilot tuzilganini anglatadi. Partiya aʼzolari safida ham sezilarli ösiş kuzatilib, ularning umumiy soni 58 ming 539 nafarni taşkil etdi.
Konferensiyada partiyaning taşkiliy faoliyatini yanada takomillaştiriş, boşlanğiç partiya taşkilotlari bilan hamkorlikni kuçaytiriş, elektorat manfaatlarini samarali himoya qiliş, partiya Dasturi va Ustavini zamon talablari asosida yangilaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Muhokamalarda partiyaning jamiyatdagi örni va nufuzi, avvalo, uning saylovçilar bilan doimiy muloqoti, tadbirkorlar, işbilarmonlar va aholi qatlamlari manfaatlarini himoya qiliş borasidagi amaliy faoliyati bilan belgilanişi qayd etildi. Şu maʼnoda, boşlanğiç partiya taşkilotlarining faolligini oşiriş, deputatlar va elektorat örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş kelgusi işlarning muhim mezoni sifatida belgilandi.
Anjuman yakunida partiya faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqiş, xalq işonçini amaliy işlar bilan oqlaş, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarga munosib hissa qöşiş yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Şuningdek, ÖzLiDeP ning navbatdagi Kongressiga delegatlar saylandi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), ÖzA muxbirlari