“Toza biznes” standarti, jazolaşdan voz keçayotgan nazorat va şaffof bozor sari qadam
Mamlakatimizda Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida tadbirkorlik erkinligini taʼminlaş, xususiy mulk daxlsizligini kafolatlaş va biznesga maʼmuriy bosimni kamaytiriş borasida izçil islohotlar olib borilmoqda.
Poytaxtimizda ötkazilgan “Toza biznes: halol biznes yuritişning yangi standarti” mavzusidagi V “Biznesda halollik” xalqaro forumi uşbu strategik yönalişning mantiqiy davomi böldi. “Özbekiston – 2030” strategiyasi hamda davlatimiz rahbarining 2026-yil 16-fevraldagi farmonida belgilangan “Toza biznes” milliy dasturi doirasida taşkil etilgan anjumanda davlat organlari, diplomatik vakolatxonalar, xalqaro moliya institutlari va işbilarmon doiralar vakillari biznesda şaffoflikni taʼminlaş, korrupsiyaviy xavflarni kamaytiriş va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş masalalarini muhokama qildilar.
Forumning eng muhim konseptual yakuni sifatida Toşkent deklaratsiyasi ilgari surildi. Iştirokçilarning umumiy yondaşuvlarini aks ettiruvçi va tavsiyaviy xususiyatga ega uşbu ön bandli hujjat halol işbilarmonlik muhitini şakllantirişda davlat hamda xususiy sektor oldidagi ustuvor vazifalarni tizimli ravişda qamrab olgan.
Unda qulay işbilarmonlik muhitining poydevori sifatida mulk huquqini hurmat qiliş, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini işonçli himoyalaş va biznes yuritişning barqaror qoidalarini taʼminlaş alohida qayd etilgan. Şuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralaşuvlarning oldini oliş, ortiqça ruxsat beriş tartib-taomillarini qisqartiriş hamda mansabdor şaxslarning noqonuniy qarorlaridan himoya mexanizmlarini kuçaytiriş qöllab-quvvatlanadi. Bunda tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş nafaqat buzilgan huquqlarni tiklaşga, balki muammolarning takroran yuzaga kelişiga sabab bölayotgan tizimli omillarni bartaraf etişga xizmat qilişi zarurligi taʼkidlangan.
Anjumanda davlat nazorati falsafasining tubdan yangilanayotganiga alohida eʼtibor qaratildi. Maʼlumki, joriy yil avgust oyida Prezidentning tadbirkorlar bilan oçiq muloqoti yakunlariga köra, belgilangan istisnolarni hisobga olgan holda kiçik tadbirkorlik subʼektlarini tekşirişga uç yillik moratoriy joriy etildi. Toşkent deklaratsiyasi uşbu taşabbusni yanada mustahkamlab, asosiy eʼtiborni jazolaşga emas, balki huquqbuzarliklarning oldini oliş, qonunçilik talablarini tuşuntiriş va ixtiyoriy profilaktik auditni rivojlantirişga qaratişni belgilaydi. Hujjatda muhim prinsipial mezon örnatilgan, davlat nazoratining samaradorligi ötkazilgan tekşiruvlar va undirilgan jarimalar soni bilan emas, balki qonuniylikka rioya etilişi hamda fuqarolar va biznes uçun xavf-xatarlarning kamayişi bilan baholanişi şart.
Toşkent deklaratsiyasining yana bir muhim xususiyati şundaki, u halol işbilarmonlik muhitini yaratişda masʼuliyatni ham biznes subʼektlari, ham davlat organlari zimmasiga teng qöyadi. Xususan, halol raqobat va davlat xaridlari şaffofligiga bağişlangan bandda tadbirkorlar uçun teng şaroitlar yaratiş, til biriktiriş va manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş, qabul qilingan qarorlar ustidan şikoyat qiliş imkoniyatini taʼminlaş zarurligi qayd etilgan.
Zamonaviy boşqaruvda korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etişning eng samarali vositasi raqamlaştirişdir. Forumning transçegaraviy savdo va bojxona tartib-taomillariga bağişlangan sessiyasida ham aynan raqamli yeçimlarni kengaytiriş masalasi markaziy örin tutdi. Deklaratsiyada tadbirkor davlat xizmatlarining talablari, muddatlari va qiymati haqida aniq maʼlumot olişi, öz murojaati körib çiqilişini kuzatişi hamda qabul qilingan qaror asoslarini bilişi kerakligi körsatilgan. Ahamiyatli jihati şundaki, avtomatlaştirilgan tizimlar va sunʼiy intellektdan foydalaniş axborot xavfsizligini taʼminlaş hamda tadbirkor huquqlariga daxldor qarorlarni inson tomonidan qayta körib çiqiş imkoniyati bilan uyğun holda yölga qöyilişi lozim.
Hujjatda xususiy sektorning içki korporativ madaniyatini yuksaltirişga ham keng örin ajratilgan. Korxonalar qonunga rioya etiş, şartnoma majburiyatlarini vijdonan bajariş, moliyaviy hisobotlarning işonçliligini taʼminlaş hamda xodimlar, isteʼmolçilar va hamkorlar huquqlarini hurmat qilişga çaqiriladi. Bunda rahbarlarning şaxsiy namunasi hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi. Yirik kompaniyalarga manfaatlar töqnaşuvi, sovğalar, vakillik xarajatlari va yetkazib beruvçilarni tanlaş tartibini içki qoidalarda belgilaş tavsiya etilgan bölsa, kiçik va örta biznes uçun ularning imkoniyatlariga mos sodda yeçimlar – namunaviy içki hujjatlar, qisqa amaliy tavsiya va öquv maşğulotlari nazarda tutilgan.
Forum doirasida Özbekiston biznesining korrupsiyaga qarşi Xartiyasiga yangi tadbirkorlik subʼektlarining qöşiliş marosimi ötkazilgani bu boradagi amaliy qadam böldi. Deklaratsiyada Xartiyaga ixtiyoriy qöşiliş kundalik faoliyat bilan tasdiqlanişi, şuningdek, qoidabuzarliklar haqida vijdonan xabar bergan şaxslarning maxfiyligi taʼminlanib, ular tazyiq va taʼqibdan himoya qilinişi alohida qöllab-quvvatlangan. Mulkdorlik va boşqaruv şaffofligi hamda yuksak işbilarmonlik obrösi pirovardida global investorlar işonçini mustahkamlab, milliy kompaniyalarning xalqaro bozorlardagi imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Toşkent deklaratsiyasi davlat va tadbirkorlar örtasidagi oçiq muloqotni tizimli davom ettirişni ustuvor vazifa sifatida belgilaydi. Xususan, biznes faoliyatiga daxldor yangi talablarni joriy etişdan avval ularni işbilarmonlar hamjamiyati bilan muhokama qiliş, xarajatlar va korrupsiyaviy xavflarni oldindan baholaş hamda bu jarayonda Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi va biznes-assotsiatsiyalar iştirokini kuçaytiriş muhim deb topildi.
Hujjatda belgilangan ğoyalarni amaliyotga tatbiq etiş mexanizmi ham aniq körsatilgan. Forum taşkilotçilariga manfaatdor tomonlar bilan birgalikda barça takliflarni umumlaştirib, “Toza biznes” dasturi maqsadlarini röyobga çiqariş böyiça aniq muddatlar, masʼul taşkilotlar va kutilayotgan natijalarni öz içiga olgan “Yöl xaritasi”ni işlab çiqiş taklif etildi.
Eng muhimi, uşbu saʼy-harakatlar samarasi tadbirkorlar öz kundalik faoliyatida bevosita his qiladigan aniq özgarişlar – ortiqça tartib-taomillarning qisqarişi, buzilgan huquqlarning öz vaqtida tiklanişi, maslahat yordamidan foydalaniş imkoniyatining kengayişi va korrupsiya xavfining kamayişi bilan ölçanadi. Toşkent deklaratsiyasi şu jihati bilan mamlakatimizda şaffof, raqobatbardoş va xalqaro investorlar uçun işonçli işbilarmonlik muhitini qaror toptiriş yölidagi muhim dasturiy möljal bölib xizmat qiladi.
Nilufar DONIYORXÖJAYEVA,
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
ijroçi direktorining örinbosari.
ÖzA