Qöllab-quvvatlaş çoralari körilmoqda
Davlat rahbari taşabbusi bilan mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qiliş, ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş va ularning hayot sifatini yaxşilaşga qaratilgan işlar yangi bosqiçga kötarilmoqda. Bunda har bir insonning muammosini manzilli örganiş, oila ehtiyojidan kelib çiqib amaliy yordam körsatiş hamda ijtimoiy kömakni natijaga yönaltiriş ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Buxoro viloyati Olot tumanidagi “Özbekiston” mahalla fuqarolar yiğinida ham uşbu vazifalar ijrosi doirasida ehtiyojmand oilalarni kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş, ularning yaşaş şaroitini yaxşilaş va ijtimoiy muammolarini hal etiş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda.
Mahallada 3170 nafar aholi istiqomat qiladi. Ijtimoiy xodim Javohir Jumayevning taʼkidlaşiça, ayni paytda ehtiyojmand oilalarga mavsum davomida belgilangan olti turdagi yordamni manzilli yetkaziş çoralari körilmoqda. Jumladan, bir martalik moddiy yordam, suyultirilgan gaz, kommunal xarajatlar kompensatsiyasi, kömir va boşqa kömak turlari oilalarning ehtiyojidan kelib çiqib taşkil etilmoqda.
— Har bir xonadonning şaroiti va ehtiyoji turliça. Şuning uçun biz faqat moddiy yordam ajratiş bilan çeklanmaymiz. Oilalarning yaşaş şaroiti, farzandlarining taʼlimi, bandligi va kelgusida daromad topiş imkoniyatlarini ham örganamiz. Asosiy maqsadimiz — heç bir oilani qiyin vaziyatda yolğiz qoldirmaslik, — deydi J. Jumayev.
Jumladan, ikki nafar farzandini yolğiz tarbiyalayotgan Zuhra Itolmasovaning xonadonida yaşaş şaroitini yaxşilaş maqsadida uyning tom qismi şifer bilan yopildi. Farzandlari bepul tögaraklarga jalb etildi. Şuningdek, «Saxovat va kömak» jamğarmasi orqali bir martalik moddiy yordam körsatiş, oilani ikki tonna kömir va gaz balloni bilan taʼminlaş çoralari körilmoqda.
Tört nafar farzandni tarbiyalayotgan Mahliyo Itolmasovaning oilasiga ham amaliy kömak körsatildi. Xonadonining tom qismi taʼmirlanib, eşik va derazalari örnatildi. Eʼtiborlisi, oilaning nafaqat bugungi ehtiyojlarini qondiriş, balki kelgusida daromad topişiga şaroit yaratiş maqsadida bir sotixli issiqxona taşkil etildi. Oila ötgan yili hamda joriy yilda bir martalik moddiy yordam bilan qöllab-quvvatlangan.


Mahalladagi yana bir eʼtiborga molik holat Rişodbek va Ruxşona Eşonovlar bilan boğliq. Otasidan ayrilgan, onasi muomalaga layoqatsiz bölgan uşbu bolalarning tarbiyasi bilan bobosi şuğullanmoqda. “Mehr daftari” orqali ular velosiped, sport anjomlari, kiyim-keçak va maişiy texnika vositalari bilan taʼminlandi.
Bu kabi misollar ijtimoiy himoyaning mazmuni faqat moddiy kömak körsatişdan iborat emasligini körsatadi. Uy-joy şaroitini yaxşilaş, bolalarning taʼlim va tarbiyasiga eʼtibor qaratiş, oilalarning daromad manbaini şakllantiriş orqali ularning hayotida barqaror ijobiy özgarişlarga erişiş mumkin.
Mahalla ijtimoiy xodimining taʼkidlaşiça, oilalar bilan işlaşda ularning murojaatlarini tinglaş, muammolarini öz vaqtida aniqlaş va tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda yeçim topişga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Zero, ijtimoiy himoyaning haqiqiy natijasi ajratilgan yordam yoki amalga oşirilgan tadbirlar soni bilangina emas, balki inson hayotidagi özgariş, oilaning ertangi kunga işonçi va turmuş şaroitining yaxşilanişi bilan belgilanadi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri