Har bir murojaat eʼtiborda
Fuqarolar murojaatlarini tinglaş, ularning muammolariga öz vaqtida yeçim topiş va aholi turmuş şaroitini yaxşilaş — inson qadrini uluğlaşga qaratilgan islohotlarning muhim mezonidir.
Baʼzan bir oila uçun katta muammo bölib körinadigan masala kimlar uçundir oddiy yumuşdek tuyulişi mumkin. Ammo tomidan yomğir suvi ötayotgan, har bir yoğingarçilikda uy-joyi yanada zarar körişidan xavotir olayotgan inson uçun bu jiddiy taşviş. Ayniqsa, kuz-qiş mavsumida bunday muammolar oilaning kundalik hayotiga, xotirjamligi va xavfsizligiga bevosita taʼsir körsatadi.
Şu bois davlat rahbari taşabbusi bilan mamlakatimizda fuqarolar murojaatlari bilan işlaş, aholi muammolarini bevosita joyida örganiş va ularga amaliy yeçim topiş masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu boradagi asosiy talab — odamlarni idorama-idora sarson qilmasdan, ularning dardiga quloq tutiş, muammoning sababini aniqlaş va natija uçun masʼuliyatni his etişdir.
Buxoro şahar Xalq qabulxonasida şahar hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gulhayo Haydarova tomonidan ötkazilgan şaxsiy qabul ham ana şu maqsadga xizmat qilmoqda. Unda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etiş yuzasidan masʼullarga tegişli vazifalar belgilanmoqda.
Xususan, Mahmud Torobiy mahallasi, Robotqozi aholi punktida yaşovçi Zamira Ravşanova öz xonadonining tom qismidan yomğir suvi ötişi, uni taʼmirlaşda amaliy yordam körsatiş masalasida murojaat qilgan edi.
Mazkur murojaat masʼullar tomonidan örganilib, ijobiy hal etildi. Fuqaroning yaşaş xonadoni tom qismi taʼmirlanib, şifer bilan yopib berildi. Natijada yoğingarçilik paytida uyga suv ötişi bilan boğliq muammo bartaraf etildi.

Bugun Zamira Ravşanova taʼmirlaş işlaridan söng xonadonida yaratilgan şaroitdan mamnun. Uning minnatdorligi esa murojaat bilan işlaşda erişilgan natijaning inson hayotidagi ifodasidir.
Aslida, bu kabi misollar ortida muhim bir haqiqat mujassam: fuqaro murojaati şunçaki ariza yoki navbatdagi topşiriq emas, balki muayyan insonning hayoti, oilasi va kundalik taşvişlari bilan boğliq masaladir. Şuning uçun uning ijobiy hal etilişi nafaqat bir muammoni bartaraf etadi, balki odamlarning davlat idoralariga bölgan işonçini ham mustahkamlaydi.
Eng muhimi, murojaatlar bilan işlaşda natijadorlikka erişiş uçun faqat qabul taşkil etişning özi kifoya emas. Muammoni çuqur örganiş, masʼullarning hamkorligini taʼminlaş va belgilangan çoralarning amalda bajarilişini nazorat qiliş zarur. Zamira Ravşanova xonadonida amalga oşirilgan taʼmirlaş işlari ham murojaatni eşitişdan uning amaliy yeçimigaça bölgan jarayonning ahamiyatini körsatadi.
Bugungi kunda Buxoro şahrida aholi murojaatlarini öz vaqtida körib çiqiş, ijtimoiy masalalarni hal etiş va fuqarolarning hayot şaroitini yaxşilaşga qaratilgan işlar davom etmoqda.
Zero, xalq roziligi katta loyihalar yoki balandparvoz gaplar bilangina emas, balki har bir xonadonda seziladigan ijobiy özgarişlar, hal etilgan muammolar va insonlarning xotirjam hayoti bilan namoyon böladi. Inson qadrini uluğlaşning asl mohiyati ham şunda — har bir murojaat eʼtiborda, har bir muammo yeçimda, har bir fuqaro davlat eʼtiborida bölişi kerak.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri