Xusiylar Saudiyani Sanoga havo zarbalari berganlikda aybladi
Yamandagi “Ansorulloh” (xusiylar) harakati Saudiya Arabistoni mamlakat poytaxti Sano shahriga havodan hujum uyushtirganini ma’lum qildi.
“Anadolu” axborot agentligi yozishicha, Xusiylar sodir bo‘lgan voqelik uchun javobgarlikni to‘liq Ar-Riyod zimmasiga yuklamoqda. Ammo e’lon qilingan xabarlarda zarbalar qaysi ob’ektlarga berilgani, shuningdek, qurbonlar yoki jarohatlanganlar bor-yo‘qligi haqida aniq ma’lumotlar keltirilmagan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA